×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy salohiyati, eng avvalo, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining mehnati bilan belgilanadi. Kafedra ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish orqali nafaqat o‘quv jarayonini boyitibgina qolmay, balki fan rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

  Kitoblar yozish, ilmiy ishlarni nashr etish va keng jamoatchilikka taqdim etish kafedraning obro‘sini oshirib, yosh avlod uchun mustahkam bilim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayon kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishning muhim omillaridan biridir.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar. Hozirgi kunda kafedraning 5 nafar xodimi (f.f.n. Yorova S.K., “Ingliz va oʻzbek tibbiy nutqining pragmatik va lingvistik xususiyatlari” mavzusida SamDCHTI DSc fanlari nomzodi, Mahmudov Z.M. “Tibbiyot atamalarining interaktiv usullarini talabalarga oʻqitishda qoʻllashni takomillashtirish” mavzusida , Nasimova S.Y. “Adabiy matnlarda kichraytirishning gender xususiyatlari” mavzusida, shuningdek, “Ingliz va oʻzbek tillarida zoo-terminologik birliklarning xususiyatlari” mavzusida Buriyev D.A lar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

  O‘tgan 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 12 ta elektron dastur, 350 dan ortiq maqolalar yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan darslik va o’quv qo’llanmalar.

Mualliflar

Chop etilgan darslik va qo’llanmalarning nomi

1.

Yorova Sayora Karimovna,

[Xayrieva Nigora Zokirovna]

Darslik “NURSING” (English) 2025 yil.

2.

Yorova Sayora Karimovna,

Parvina Olimzoda

O’quv qo’llanma. “English for Medical Purpose”

2025 yil.

3.

Yorova Sayora Karimovna

Monografiya“Tibbiy Nutqning strategik va taktik asoslari” 2025 yil.

4

Ёрова Саёра Каримовна,

Д. Х. Бабаева

“Англо-Французко-Русский Разговорник” 2024 yil.

5.

Yorova Sayora Karimovna

Monografiya “Ingliz vа o‘zbek tibbiy nutqining ijtimoiy-mаdаniy xususiyаtlаri” 2024 yil.

6.

Shodikulova Aziza

Zikiryayevna

“Reading and writing” 2024 yil.

7.

Shodikulova Aziza Zikiryayevna

“Degrees of Adjectives. Our First

Examination Session. Explaining

Gastroscopy

Methodological recommendation”

2024 yil.

8.

Shodikulova Aziza Zikiryayevna

Monografiya

“Metonimiyaning Grammatik kogeziyani

shakllantirishdagi roli” 2025 yil.

9.

Shodikulova Aziza Zikiryayevna

Monografiya

“Metonimiya”2024 yil.

10.

Maxmudov Zafar Mardonovich, [H.T.Umarov], U.A.Safarova

“Lotin tili va tibbiy –farmatsevtik terminologiya asoslari”, 2023 yil

11.

Yorova Sayora Karimovna

O’quv qo’llanma. “English for Medical Students” 2021 yil.