Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida “Chet Tillari” kafedrasi 1946 yilda tashkil etilgan va birinchi kafedra mudiri lavozimida prof. O.K.Shmit 1946-1949 yillarda faoliyat yuritgan. 1949-1951 yillarda N.G. Shvetsova, 1951-1952 yillarda O.A.Lapshina, 1952-1982 yillarda V.F. Gorbiklar kabi professorlar Chet Tillari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1982 yildan 2022 yilgacha Tillar kafedrasida quyidagi professor, dotsent, fan nomzodlari kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan:
- 1946-1949-yillarda O.K.Shmit
- 1949-1951-yillarda N.G. Shvetsova
- 1951-1952-yillarda O.A.Lapshina
- 1952-1982-yillarda V.F.Gorbik
- 1982-1992-yillarda filologiya fanlari nomzodi dosent A.E.Mamatov
- 1993-1998- yillarda filologiya fanlari nomzodi dosent U.U.Usmonov
- 1998-2000- yillarda filologiya fanlari nomzodi professor M.A.Xolbekov
- 2000-2006- yillarda katta o`qituvchi X.T.Umarov
- 2006-2011- yillarda G.D.Qo`ldosheva
- 2011 -2014-yillarda filologiya fanlari nomzodi U.A.Safarova
- 2015-2019- filologiya fanlari nomzodi. D.X. Babaeva
- 2019-2020- yillarda Z.Sh. Nuritdinova
- 2020y-2022-yillarda f.f.d.Safarova U.A
- 2022y- va h.v. S.K.Yorova
2012-yil noyabr oyida “Chet tillari va lotin tili” kafedrasi “Rus tili, oʻzbek tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi deb nomlandi.
2017-yilda “Xorijiy tillar va lotin tili” kafedrasi “Rus tili, o‘zbek tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasidan ajratilib, kafedra nomi “Tillar” kafedrasi deb o‘zgartirildi.

2022 yil noyabr oyidan buyon Tillar kafedrasi mudiri lavozimida, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, Yorova Sayyora Karimovna ishlab kelmoqda. Yorova Sayyora Karimovna 2023-yilda “Ingliz va o‘zbek tibbiy nutqining ijtimoiy madaniy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Xalqaro C1 TESOL & TEFL Certificate Highfield Qualifications Level 5 Diploma in Teaching English as a Foreign Languages, TEFL Institute, Ireland platformasida 2023 yilda tugatib C1 darajadagi certifikatni oldi. 2022 yil CEFR Milliy Certifikat Imtihonidan B2 darajasi mavjud. Tillar kafedrasi assistenti, 10 yil davomida kafedraning ilmiy ishlar jarayoniga mas’ul bo‘lib ishlagan, Tibbiyotda Ingliz tili va Lotin tili va tibbiy terminologiyasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi, 25 yildan ortiq vaqt davomida ingliz tili fanidan dars berib keladi, 60 tadan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 50 ta ilmiy maqola va tezislar mualifi, 2021-yilda “English for Medical Students” va 2023 yilda “English-French-Russian. Conversation book” nomli o’quv qo’llanmalari Oliy va O‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va chop etilgan. Yorova Sayyora Karimovna 5 yildan beri tibbiyot yo’nalishidagi Xalqaro ta’lim (MD) fakulteti dasturi, xorijiy talabalari bilan lotin tili va tibbiy terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlarini ingliz tilida olib bormoqda. Hozirda “Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiy nutqning pragmatik va lingvistik xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida (DSc) ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tillar kafedrasida asosan Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya, Tibbiy Pegagogika, Tibbiy Biologiya, Tibbiy Profilaktika, Xalq Tabobati, Farmatsiya, Oliy Hamshiralik ishi, Xalqaro Ta’lim kabi fakultetlarda o’qiydigan talabalar tahsil olib kelmoqda. Kafedraning faoliyatida asosan Tibbiyotda xorijiy til (Ingliz tili) va Lotin tili va tibbiy terminologiya fanlaridan amaliy dars mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Kafedraning asosiy vazifalari ingliz va lotin tibbiyot terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdan iborat. Doimiy tuziladigan va tasdiqlangan reja asosida talabalar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradi.
Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasidagi mashg’ulot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- bo'lajak shifokor uchun zarur bo'lgan anatomik, klinik va retsept terminologiyasini o'rganish.
- Ingliz tibbiyot terminologiyasini o'rganish, tibbiyot haqida ma'lumotlarni ingliz tilida yetkazish.
- Lotin va ingliz tillarida xalqaro miqyosda olimpiadalar o‘tkazish.
Quyida barcha fakultet yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadigan Tillar kafedrasi professor o’qituvchilari:
Shodiqulova Aziza Zikiryaevna filologiya fanlari doktori, Tillar kafedrasi PhD assistenti, kafedrada 8 yil oʻqituvchi boʻlib ishlaydi, tibbiyotda ingliz tili amaliy mashgʻulotlar olib boradi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Shodiqulova Aziza Zikiryaevna 2022-yilda “Metonimiyaning mediatekstda ifodalanishining kognitiv-diskursiv jihatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1-uslubiy qo'llanma "Ingliz tili", "Metonimiya" mavzusidagi monografiya va "Sifatlarning darajalari" mavzusidagi o'quv-uslubiy tavsiyalar. Bizning birinchi imtihon sessiyamiz. Gastroskopiyani tushuntirish". Xalqaro C1 TESOL & TEFL Certificate Highfield Qualifications Level 5 Diploma in Teaching English as a Foreign Languages, TEFL Institute, Ireland platformasida 2023 yilda tugatib C1 darajadagi certifikatni oldi.
Maxmudov Zafar Mardonovich Tillar kafedrasi assistenti, 3 yil davomida kafedraning o'quv jarayoni uchun mas'ul bo'lib ishlagan, hozirgi vaqtda kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar uchun mas'ul, lotin tili va tibbiy terminologiya bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib boradi, 24 yildan ortiq vaqt davomida ushbu fandan dars beradi, 35 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan “Lotincha-o'zbekcha-ruscha tibbiyotda ishlatiladigan eng muhim atamalar lug'ati” 2012 yilda tasdiqlangan va nashr etilgan, “Tibbiyot kollejlari uchun Lotin tili va tibbiy terminologiya bo'yicha uslubiy majmua” 2017 yil oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan, 2022-yilda “Talabalarni lotin atamalariga o'qitishda interaktiv usullardan foydalanishni takomillashtirish (tibbiy terminologiya misollari asosida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish boshlangan, 2023-yilda “Lotin tili va tibbiy-farmatsevtik terminologiyasi asoslari” darsligi va 4 ta mavzu bo'yicha: 1) “Farmatsevtika terminologiyasiga kirish. Dorivor moddalarning ilmiy va ahamiyatsiz nomi. Dori nomlarini yaratishda ishlatiladigan mazmunli so'z yasovchi qo'shimchalar va atamalar. Dori shakllari”, 2) “Fe'l, uning grammatik kategoriyalari. Buyruq mayli. Fe'llar bilan standart retsept formilurovkalari”, 3) “Retsept, uning tuzilishi. Retseptlarni yozish qoidalari”, 4) “Sifat, sifatlarning grammatik kategoriyalari, guruhlarga bo'linishi, rod qo'shimchalari, lug'at shakli. Sifatlarning negizini aniqlash. 1-2 guruh sifatlari” o'quv-metodik tavsiyalar nashr etildi.
Boliyev Muhitdin Nuriddinovich Tillar kafedrasi stajyor-assistenti bo‘lib, sentabrdan buyon kafedraning o‘quv jarayonlarida ishtirok etib kelmoqda. Lotin tili va tibbiy terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, Lotin tili va tibbiy terminalogiyasi fani bo’yicha darslik (12 marta o’zbek tilida, 2 marta rus tilida nashr etilgan). 15 dan ortiq namunaviy o’quv dasturlari hamda kasb-hunar tizimini takomillashtirishga doir 75 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratgan. Ilg’or o’qitish usullari bo’yicha 83 ta maqolalar chop etgan. Tibbiyot o’quv oliygohlari uchun 2025 yil ,,Lotin tili va tibbiy terminalogiya” darsligi 3 tilda o’zbek, rus, ingliz tillarida chop etildi.
Beknazarova Mohiya Kenjaevna Tillar kafedrasi assistenti. 2019 -2022 yillar davomida kafedraning “Ma’naviyat va Ma’rifat” ishlari bo’yicha ma’sul shaxs sifatida faoliyat yuritgan. Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi fanidan 29 yil davomida faoliyat yuritmoqda. 27 dan ortiq iliy mqola va tezislar muallifi.I.V.Gyotening 250 yillik yubileyiga bag’ishlangan “G’arb-Sharq devoni” monografiyasi muallifi.
Aytmuratova Perxan Genjebaevna Tillar kafedrasi assistenti, 16 yil davomida kafedra assistenti lavozimida ishlagan, lotin tili va tibbiyot terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, “Stomatologiya fakulteti uchun chet tili” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma” 2022 yilda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va nashr etilgan, OHI fakultetlari talabalari uchun lotin tili bo'yicha darslik nashrga tayyor.
Olimzoda Parvina Tillar kafedrasi assistenti, Tibbiyotda Xorijiy Til fanidan dars beradi. Tibbiy pedagogika fakulteti ilmiy kengashining kotibasi sifatida faoliyat yuritadi. Ingliz tili darajasi C1 xalqaro Aptis British Council va Milliy certifikat C1, CEFR mavjud. Talabalar bilan mashg’ulotlar davomida faol ish olib boradi. 7 yillik pedagogik ish faoliyati davomida ingliz tili sohasida ko’plab yutuqlarga erishgan, 22 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Nasimova Sohiba Yaxyoevna Tillar kafedrasi stajyor assistenti . Shu sohada 5 yildan buyon ishlayapti. Xalqaro C1 TESOL & TEFL Certificate Highfield Qualifications Level 5 Diploma in Teaching English as a Foreign Languages, TEFL Institute, Ireland platformasida 2023 yilda tugatib C1 darajadagi certifikatni oldi. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi
Esanova Maftuna Bahodirovna Tillar kafedrasi stajyor-assistenti, 5 yil davomida kafedrada stajyor-assistent lavozimida ishlab, lotin tili va tibbiyot terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, ilmiy maqolalar muallifi. 2025 yilda CEFR Milliy Certifikat Imtihonidan B2 darajasi mavjud.
Normurodova Sohiba Mallayevna Tillar kafedrasiga stajor-assistent lavozimiga 2 yildan buyon stajor-assistent bo’lib ishlab, Lotin tili va tibbiy terminalogiyasidan amalliy mashg’ulotlar olib bormoqda. 14 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Buriyev Dilmurod Arzimurodovich Tillar kafedrasi stajyor-assistenti, 5 yil davomida kafedrada stajyor-assistent lavozimida ishlab, lotin tili va tibbiyot terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, 15 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Xalqaro B1 Linguaskill va CEFR B1 Certifikat darajasi mavjud.
Azzamova Umida Alisherovna Tillar kafedrasida stajyor assistent lavozimiga 3 yildan buyon faolyat olib bormoqda.shu davr mobaynida talabalarga ingliz tili va tibbiyotda xorijiy til fanidan dars beradi. Westminister College London, Xalqaro C1 TESOL & TEFL Certificate Highfield Qualifications Level 7 Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages, TESOL, platformasida 2023 yilda sertifikat olgan.
Abdusalimov Suxrob Rustamovich Tillar kafedrasi stajyor-assistenti bo‘lib, 4 yildan buyon kafedraning o‘quv jarayonlarida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra faoliyati davomida, u Tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili) fanidan dars berib kelmoqda. 2023 yil TOEFL iBT, ETS, Teaching English as a Foreign Languages, USA C1 darajasi mavjud 23 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Mustafoyeva Sarvinoz Xolmurodovna Tillar kafedrasi stajyor-assistenti, 1 yil davomida kafedrada stajyor-assistent lavozimida ishlab, tibbiyotda xorijiy til hamda lotin tili va tibbiy terminologiyasi fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, 12 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Aptis Xalqaro C1 Certifikat darajasi mavjud.
Xamdamova Muqaaddas Xamidovna Tillar kafedrasi stajyor-assistenti, 1 yil davomida kafedrada stajyor-assistent lavozimida ishlab, lotin tili va tibbiy terminologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi, 16 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Nemis tilidan CEFR B2 Certifikat darajasi mavjud.
Asatullaev Rustam Baxtiyorovich Tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi, stajyor-assistent bo‘lib ishlaydi, ingliz tili va tibbiy terminologiya fanlaridan dars beradi. Ingliz tilidan xalqaro IELTS (7.0) va milliy MULTILEVEL (C1) sertifikatlariga ega. Universitetning darslaridan tashqari qo‘shimcha darslar tashkil qilish orqali talabalarni ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bundan tashqari, u 100dan ziyod ilmiy maqola va tezislar muallifidir.
Kuchkarova Noila Abduvahobovna Tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi, stajyor-assistent bo‘lib ishlaydi, ingliz tili va tibbiy terminologiya fanlaridan dars beradi. U ingliz tili bo‘yicha yuksak malakaga ega bo‘lgan iste’dodli lingvist va mutaxassisdir. Kuchkarova Noila 2024-yilda milliy CEFR C1 darajasini, 3 ta ilmiy maqola va tezislar muallifidir.
Jurayeva Yulduz Raxmatillayevna Tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi, stajyor-assistent bo‘lib ishlaydi, ingliz tili va tibbiy terminologiya fanlaridan dars beradi. U ingliz tili bo‘yicha yuksak malakaga ega bo‘lgan iste’dodli lingvist va mutaxassisdir. Yoqubjonova Nodirabegim 2024-yilda milliy CEFR C1 darajasini natijasini qo‘lga kiritgan hamda 4 ta ilmiy maqola va tezislar muallifidir.
Ergasheva Shahrizoda Erkinovna Tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi, stajyor-assistent bo‘lib ishlaydi, ingliz tili va tibbiy terminologiya fanlaridan dars beradi. U ingliz tili bo‘yicha yuksak malakaga ega bo‘lgan iste’dodli lingvist va mutaxassisdir. Ergasheva Shahrizoda 2025-yilda milliy CEFR B2 darajasini, 2025-yilda TEFL/TESOL C1 natijasini qo‘lga kiritgan hamda 5 ta ilmiy maqola va tezislar muallifidir.
Yoqubjonova Nodira Alisherovna Tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi, stajyor-assistent bo‘lib ishlaydi, Tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili) fanidan dars beradi. U ingliz tili bo‘yicha yuksak malakaga ega bo‘lgan iste’dodli lingvist va mutaxassisdir. Yoqubjonova Nodirabegim 2021-yilda milliy CEFR C1 darajasini, 2024-yilda esa IELTS 7.5 natijasini qo‘lga kiritgan hamda 4 ta ilmiy maqola va tezislar muallifidir.
Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, dotsent va 18 nafar pedagog-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 10 nafari lotin tili fanidan oʻqituvchilar va 10 nafar ingliz tili o'qituvchilari.
Ulashish