Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida o‘quv jarayonini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (rektor buyrug‘i, fakultet dekani, kafedra mudiri topshiriqlari va boshqalar) o‘z vaqtida rejalashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilib kelinmoqda. O’quv uslubiy ishlar kafedraning uslubiy kengashlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi.

  Kafedrada o’zaro darslarga qatnashish, ochiq darslar o’tkazish, talabalarning mustaqil tayyorgarligi, o’quv xonalarini jihozlash, uslubiy va boshqa hujjatlarni o’rganish belgilangan reja asosida olib boriladi.

Kafedrada o’tkazilgan ochiq darslar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasida 2025/2026- o‘quv yili ishchi o‘quv rejasi asosida dars mashg’ulotlar www.mt.sammu.uz platformasi asosida tashkillashtirilgan va olib borilmoqda. Kafedra profesor-o’qituvchilari reja asosida Ochiq dars mashg’ulotlari o’tib kelmoqdalar.

  O‘quv ishlari barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Amaliy mashg‘ulotlar videoproektorlar va kompyuter qurilmalari bilan olib boriladi va bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirib kelmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar tajribali, bilimli, yuqori darajali sertifikatga ega, zamon talabiga mos mutaxassislari tomonidan o‘tilishi ta’minlanmoqda.

  British Council hamda Innovative Centre tashabbusi bilan chet tili o’qituvchilari uchun xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida British Council hamda Innovative Centre tashabbusi bilan chet tili o’qituvchilari uchun xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida "Teacher Training“ seminarida ishtirok etishdi.

  Tillar kafedrasida kafedra yig‘ilishlari va fan-uslubiy komissiyalarining yig‘ilishlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, unda dars mashg’ulotlarini o’z vaqtida va sifatli o’tilishi tahlili, ochiq dars mashg‘ulotlari, dars mashg’ulotlarini modul platformasi orqali o’tilishini ta’minlash, talabalarning fanlarni o’zlashtirishi, sifat ko’rsatkichlari ko‘rib chiqilib, hisobi yuritilmoqda.

Kafedraning ingliz tili fanidan o’tkazilgan integration darslaridan foto lavhalar

  Amaliy mashg‘ulotlar tajribali, bilimli, yuqori darajali sertifikatga ega, zamon talabiga mos mutaxassislari tomonidan o‘tilishi ta’minlangan holda Tillar kafedrasida universitetning boshqa kafedralari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalarga dars jarayonini yanada mazmunli va qiziqarli o’tishini ta’minlash maqsadida malakali va ko’p yillik tajribaga ega ustozlar ishtirokida ochiq integratsion darslar ham o’tib kelinmoqda. Shular jumlasidan,kafedraning xodimlari tomonidan o’tkazgan ochiq integratsion darslari talabalarda katta qiziqish bilan tinglandi. Dars jarayonida talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

  Bundan tashqari Tillar kafedrasi o’qituvchilari universitetga qarashli bo’lgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida ingliz va lotin tili va tibbiy terminologiya fanlaridan ochiq dars mashg’ulotlar, master klass, davra suhbati va seminarlar muntazam o’tkazib kelinmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi mudiri PhD,dots.Yorova S.K., Beknazarova M.K.,Hamdamova M.H.,Mustafoyeva S.X.lar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi talabalariga o’tgan ochiq darslari ushbu texnikumda tahsil olayotgan talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi assistenti Esanova M.B., hamda stajyor-assistenti Yoqubjonova N. Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi talabalariga Lotin tili va tibbiy terminologiya va Tibbiyotda xorijiy til fanidan ochiq dars mashg’ulotini olib bordi. Dars talabalar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.Tibbiy terminlarning ahamiyati haqida o’zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar

  Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-sentabrdagi 01/14-3475-son xati va Samarqand davlat tibbiyot universitet rektorining 2025-yil 15 sentabrdagi N367 AF sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Lotin tili va tibbiy terminologiya” yo’nalishi bo’yicha malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.