Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Kafedraning tashkil topishi.

  Samarqand davlat tibbiyot institute Ilmiy kengashning 2021-yil 30-iyuldagi №11-sonli bayonnomasiga hamda Institut rektorining 2021-yil 20-iyuldagi №655-AF-sonli buyrug‘iga muvofiq Farmakologiya kafedrasi “Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar” hamda “Farmakologiya” kafedralariga ajratildi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektorining 2021-yil 28-avgustdagi №529-K-sonli buyrug‘iga asosan tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktoriN.D. Kodirov Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar fanlarini o‘qitish 2019-yildan boshlab Farmakologiya kafedrasi tarkibida yo‘lga qo‘yilgan.

  Farmatsevtika ta’limining rivojlanishi, mazkur fanlarning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda mutaxassislarni tayyorlashda ushbu yo‘nalishlarning o‘rnini hisobga olgan holda kafedra faoliyatini alohida tashkil etish zarurati yuzaga kelgan.

  Kafedra rahbari.

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi mudiri Kodirov Nizomiddin Daminovich 1997-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 1997–1998-yillarda Samarqand tibbiyot institutida “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha internaturani o‘tagan.

  2005–2008-yillarda Samarqand tibbiyot institutida bolalar xirurgiyasi yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan. 2012-yildan boshlab Bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

  2017-yildan Samarqand davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetida dekan o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida Bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti lavozimlarida faoliyat olib borgan.

  N.D. Kodirov bir necha marotaba malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan hamda fakultet va institut Ilmiy kengashlari a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

  Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi va moddiy-texnik bazasi

  Bugungi kunda kafedrada 8 nafar stajyor-assistent va assistentlardan iborat professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat olib bormoqda.

  Kafedraning o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan o‘quv laboratoriyasi tashkil etilgan.

  O‘quv xonalari tegishli fanlar bo‘yicha zarur o‘quv-ko‘rgazmali materiallar, jihozlar va vositalar bilan ta’minlangan. Bu esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash imkonini bermoqda.

  Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy tavsiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va boshqa metodik materiallar jamlangan.

  Shuningdek, kafedraning o‘quv-uslubiy fondida xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan darsliklar, ilmiy adabiyotlar va ilmiy jurnallar mavjud bo‘lib, ulardan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘quv hamda ilmiy faoliyat jarayonida foydalanib kelmoqda.

  2021–2026-yillar davomida kafedra jamoasi tomonidan 8 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 28 ta uslubiy tavsiyanoma tayyorlanib, nashr etildi.

  Magistratura yo‘nalishidagi faoliyat

  Kafedrada magistratura ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ham ilmiy va metodik ishlar olib borilmoqda.

  2025–2026-o‘quv yilida kafedraning 4 nafar magistratura talabasi o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi. Magistrantlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlab, yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishdi hamda tegishli diplomlarga ega bo‘ldilar.