×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh farmatsevtlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Uamanova Marxabo Balxieyvna, bugungi kunda u stajyor assistent, shuningdek 3ta o’quv-qo’llanma,1ta ma’ruzalar to’plami va 10 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy ishlarning muallifi.

  To'garak sardori: D. Mo’minboyev farmatsiya  fakulteti 5-bosqich talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, “Rektor stipendiyasi” sohibi bo‘lgan, shuningdek yirik farmatsevtika tashkiloti tomonidan ajratilgan “Meros-Farm” stipendiyasini ham qo‘lga kiritgan. Ushbu yutuqlar uning ilm-fanga, o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi, mantiqiy tafakkuri va izlanishga chanqoqligini ifodalaydi.

  Mo’minboyev Diyorbek o‘zining nazariy bilimlarini turli tanlov va fan olimpiadalarida ham isbotlagan. U 2025-yilda o‘tkazilgan “Samarqand-2020” fan olimpiadasida 1-o‘rin, 2025-yil “Urganch-2030” fan olimpiadasida esa 2-o‘rinni egallagan.

  Bundan tashqari to’garak a’zolaridan Chorshambiev A,To’ychiyev N “Samarqand-2020” fan olimpiadasida 1-o‘rin.

  Fayzullayeva M,Jumanazarov J,Ortiqboeva F,Temirova N. Samarqand-2020” fan olimpiadasida II-o‘rin.

  Amarkulov S,Botirova F. “Samarqand-2020” fan olimpiadasida III-o‘rinni olishdilar.

  To’garak qatnashchilari bilan birgalikda qo’shni Tojikiston davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetida tashkil etilgan talabalar ilmiy to’garagi qatnashchilari va ma’sul o’qituvchilari bilan birgalikda integratsiyalash mashg'ulotini (Zoom orqali) o’tkazildi. To’garak qatnashchilarining xalqaro va . chet el OAK jurnallarda bir qancha maqola va tezislar chop etildi.