×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalari fani 2019 yildan farmakologiya kafedrasida o’qitila boshlagan.

  2021 yil 30 iyuldagi ilmiy kengash qaroriga (bayonnoma №11) asosan Institut rektorining 2021 yil 20 iyuldagi №655AF buyrug’iga binoan farmakologiya kafedrasi: “Farmakognoziya va farmaseftik texnologiya” hamda “Farmakologiya” kafedralariga ajratildi. SamMI rektorining 2021 yilning 28 avgustdagi №529-к buyrug’i bilan farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalar kafedrasi mudiri etib, tanlovdan o’tish sharti bilan meditsina fanlari bo’yicha falsafa doktori N.D.Kodirov tayinlandi.

  Kodirov Nizomiddin Daminovich 1997 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Insnitutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 1997-1998 yilda Samarqand Meditsina Instituti “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi bo’yicha internaturani tugatgan. 2005-2008 yillar Samarqand Meditsina Instituti bolalar xirurgiyasi yo’nalishi bo’yicha asperanturani tugatgan. 2012 yildan bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yildan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti davolash fakultetida dekan o’rinbosari, o’rindoshlik asosida bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti vazifalarida faoliyat yuritgan. Bir necha marta malaka oshirish kurslarida o’qigan. Fakultet va institut ilmiy kengashlari a’zosi.

  Kafedrada 10 nafar stajyor assistent va assistentlardan iborat bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etilgan bo‘lib, har bir dars o‘tiladigan xonalar tegishli fanlarga oid o‘quv ko‘rgazmali anjomlar bilan ta’minlangan.

  Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan yozilgan o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, brashuralar, shuningdek chet el olimlari tomonidan yaratilgan darsliklar va ilmiy jurnallarni o‘z ichiga olgan kutubxona mavjud.

  2024–2025 o‘quv yili davomida kafedra jamoasi tomonidan:

  • 6 ta o‘quv qo‘llanma
  • 1 ta monografiya
  • 28 ta uslubiy tavsiyanoma chop etildi.

  Kafedra Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya davlatlaridagi tibbiyot universitetlari bilan akademik mobillik doirasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan birgalikda respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

  Ilmiy faoliyat natijasida:

  • OAK, mahalliy va xalqaro jurnallarda 70 ga yaqin ilmiy maqolalar
  • 25 ga yaqin tezislar chop etilgan
  • 8 ta elektron hisoblash dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

  Kafedra bir qator o‘rta va maxsus o‘quv muassasalari, texnikumlar hamda sog‘liqni saqlash maskanlari bilan hamkorlikda ilmiy anjumanlar, konferensiyalar tashkil etib, ularga o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar bilan amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Jumladan, “Siyob”, “Past Darg‘om”, “Narpay”, “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoatchilik salomatligi texnikumlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

  2024–2025 o‘quv yilida kafedraga 4 nafar magistratura talabalari qabul qilindi. Ular o‘z ilmiy ishlarining mavzularini tasdiqlatib, hozirda 1–2-boblarini tayyorlagan. Har bir magistrant ilmiy maqolalar yozish va ilmiy ishlar yuzasidan turli konferensiyalarda faol ishtirok etmoqda. Magistrantlar har chorakda kamida 1 tadan xalqaro yoki milliy ilmiy jurnalda maqola chop etmoqda, bu esa ularning ilmiy salohiyati va kafedra ilmiy faoliyatining samaradorligini ko‘rsatadi.