Kafedra tarixi
2015-2020 yilgacha gigiyena yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar alohida kafedrasiz davolash fakulteti tarkibida o‘qitilib kelindi.
3-iyul 2020 yil №543 A/F buyruq va Samarqand davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashning 2020-yil 24-iyundagi 9-sonli qaroriga asosan, o‘quv jarayonini sifatli olib borish maqsadida “Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti” shakllantirildi. 2025-2026-o’quv yili boshidan fakultet nomi “Boshqaruv va menejment” nomi bilan qayta nomlandi. Fakultet tashkil etilgan davrdan to hozirgi kunga qadar fakultet dekani lavozimida t.f.d., prof. Baxrom Eshnazarovich Tuxtarov boshqarib kelmoqda.
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Ilmiy Kengashining 2022-yil 5-sentyabrdagi № 1-sonli yig‘ilish qarori bilan “Gigiyena” kafedrasi “Umumiy gigiyena va ekologiya” kafedrasi tarkibidan chiqib alohida “Gigiyena” kafedrasi sifatida tashkil etildi.
Uning birinchi rahbari etib t.f.d. dotsent Fayziboyev Pirmamat Normamatovich tayinlandi.

Fayziboyev Pirmamat Normamatovich 1995-yili 2-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini Tibbiy-profilaktika fakultetini tugatgan. 1995-1998 yillarda Tibbiyot Instituti ovqatlanish gigiyena kafedrasida assistent, 1998-2006 yillarda umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. 2006-yildan epidemiologiya kafedrasi assistenti, 2011-2020 yillar katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2.09.2020 yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida dekan muovini, “Umumiy gigiyena va tibbiy ekologiya kafedrasi”da dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
6.09.2022 yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2012-yili “Sabzavot va poliz mahsulotlarini temir yo‘l transporti orqali tashishda ularning xavfsizligini, yuqori ozuqaviy va biologik qiymatini ta’minlashni gigiyenik asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
20.04.2023 yili “O‘zbekiston sharoitida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni NАSSR halqaro tizimini qo‘llash yo‘li bilan gigiyenik asoslash” mavzusida Doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi.
P.N.Fayziboyev 4-ta o‘quv qo‘llanma, 4-ta monografiya, 6-ta o‘quv uslubiy qo‘llanma. 4-ta o‘quv uslubiy tavsiyanoma, 5-ta SanQvaM, 4-ta Texnikaviy shartlar va 140 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.
Gigiyena kafedrasi Samarqand viloyati Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi Boshqarmasida va shu boshqarmaning shaxar bo‘limi bazasida joylashgan bo‘lib talabalarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tish vaqtida markazning Sanitariya epidemiologiya, immunologiya, virusologiya, toksikologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli karantin infeksiyalar bo‘limlari va laborotoriyalarida malakali ta’lim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Kafedrada asosan Boshqaruv va menejment fakultitining Tibbiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha yuqori kurs talabalariga Kommunal va Mexnat gigiyenasi, Ovqatlanish hamda Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi shuningdek Radiatsion gigiyena fanlaridan darslar o‘tiladi.
Hozirgi kunda “Gigiena” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi quyidagi mutaxassislardan iborat:
Bulyayev Zokir Karimovich – Gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2020-yil “Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi” assistenti lavozimlarida ishlagan.
2023 yildan hozirgi kunga qadar “Gigiyena” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Bulyayev Zokir Karimovich 2 ta о‘quv qо‘llanma, 3 о‘quv uslubiy qо‘llanmalar, 20 tadan ortiq maqolalar muallifi.
Kurbanova X.A Falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olisn uchun “Davolash profilaktika muassasalariga qo‘yilgan gigiyenik talablar, loyixalastirish, qo‘rish va ekpluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari va gigiyenik me’yorlari” nomli dissertatsiya ishini boshlagan.
Kurbanova Xurliman Amangeldiyevna – Gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2015 yildan Samarqand davlat tibbiyot institutida Ijtimoiy salomatlik va umumiy gigiyena kafedrasi assistenti, 2020-yil “Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi” assistenti lavozimlarida ishlagan.
2023 yildan hozirgi kunga qadar “Gigiyena” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Kurbanova X.A 3ta о‘quv qо‘llanma, 6 о‘quv uslubiy qо‘llanmalar, 30 tadan ortiq maqolalar muallifi.
Kurbanova X.A Falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olisn uchun “Vliyaniye jelezodefitsitnix anemiy va formirovaniye osnovnix pokazateley zdorovya detey v sovremennix usloviyax” nomli dissertatsiya ishini boshlagan.
Soatov Mirmuhsin Maxmatmurot o’g’li – 2022-yildan buyon Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasida stajyor assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada oʻquv jarayonini elektron modul dasturi uchun masʼul.
M.M.Soatov Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 40 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Nomozboyeva Maftuna Abduhamid qizi – 2022-yildan buyon Samarqand Davlat Tiobbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda kafedra O‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul.
M.A.Nomozboyeva Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 25 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Elmurodova Lenara Xudayberdi qizi – 2022-yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi assistenti. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati bo‘yicha mas’ul.
L.X.Elmurodova Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 30 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Abdimuminova Laylo Abdimuminova – 2024-yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi stajyor assistenti. Kafedra kotibasi ishlari bo‘yicha mas’ul.
L.A. Abdimuminova Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 10 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Boysariyev Bekzod Jo‘ra o‘g‘li – 2024-yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi stajyor assistenti. Kafedra Ustoz-shogirt hamda hamkorlik ishlari bo‘yicha mas’ul.
B.J. Boysariyev Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 10 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Ibragimova Fayruza Sobir qizi – 2024-yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi stajyor assistenti. Ma’naviyat va madaniyat ishlari bo‘yicha mas’ul.
F.S. Ibragimova Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 15 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Maxmaraimov Fuzayil Ilhom o‘g‘li – 2024-yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi stajyor assistenti. Kafedra Sport musobaqalari ishlari bo‘yicha mas’ul.
F.I. Maxmaraimov Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 10 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.