Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  1968-yilda Umumiy xirurgiya kafedrasi asosida anesteziologiya va reanimatsiya kursi tashkil qilindi, unga dotsent Semyon Abramovich Boruxov rahbarlik qilish ishonib topshirildi. 1974 yildan boshlab kurs SamDTI ning anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasiga aylantirildi, bu O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi tibbiyot oliy o'quv yurtlari orasida talabalar uchun birinchi kafedra edi. Bu fan bo'yicha birinchi professor o`sha vaqtlardagi kafedra mudiri Boruxov Semyon Abramovich hisoblanadi. Kafedrani tashkil etilishida dotsentlar Viktor Aleksandrovich Ryazantsev, Yuliy Rafkatovich Zamanov, Tolib Aslanovich Axtamov, assistentlarr Boltaboy Xalilovich Xalilov, Eleanora Gaffarovna Hamdamova, E.X. Ismoilov va boshqalar juda katta o`rin egallashgan.

t.f.d. professor Boruxov S.А.(1974-1995yy.)

  1996 yil professor S.A. Boruxov nafaqaga chiqishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga, tibbiyot fanlari doktori Azamat Ulug’ovich Rahimov saylangan va 2010 yilgacha kafedra mudiri bo`lgan, 2010 yilda 2012 yilgacha kafedra mudiri vazifasini bajargan.

t.f.d., professor. Raximov A.U.(1996-2010yy.)

  Professor Rahimov A.U. nafaqaga chiqgandan so’ng kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shukur Kulievich Pardaev tayinlangan.

t.f.n., dost. Pardaev Sh.K. (2010-2012 yy.)

  Shundan so’ng, 2012 yil iyul oyidan boshlab tibbiyot fanlari doktori, dotsent Mansur Muratovich Matlubov kafedra mudiri etib saylangan.

  Matlubov Mansur Muratovich 1975 yil 14 yanvarda ziyolilar oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, partiyasiz.

  1997 yilda Samarqand Dalat Tibbiyot institutining pediatriya fakultetini «Pediatriya ishi» ixtisosligi bo‘yichatugatgan.

  1997-1998 yillarda Samarqand Davlat Tibbiyot instituti, 1 klinikasi anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limida internatura o‘tab «anesteziolog-reanimatolog» mutaxassisligini olgan.

  1998-2000 yilda Samarqand shaxar №1 Siyob tibbiyot kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

  2000 yildan boshlab Samarqand Davlat Tibbiyot instituti, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.

  2012 yildan xozirgi kunga qadar Samarqand Davlat Tibbiyot instituti OXI fakulteti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi.

  2011 yil 26 mayda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi Ixtisosolashgan Kengashida «anesteziologiya-reanimatologiya» yo‘nalishi bo‘yicha «Спинально-эпидуральная анестезия при расширенном абдоминальном родоразрешении» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

  2015 yildan boshlab institut ilmiy kengashi a’zosi.

  2018 yil 28 mayda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qoshidagi Ilmiy Kengashda «Клинико-функциональное обоснование выбора оптимальной анестезиологической тактики при родоразрешении у пациенток с ожирением» mavzusida (Doctor of Science) doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

  M. M. Matlubov tomonidan 145 ta ilmiy ishi chop etilgan, ulardan 3 tasi metodik tavsiyalar, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta patent, 18 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 34 ta maqola, 95 ta ma’ruzalar tezisi.

  Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar ta’limi tashkillashtirilgan. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar anesteziologiya va reanimatsiya yo’nalishlini rivojlanishining muhim ekanligini tasdiqlaydi. Bu o’z navbatida professor M.M. Matlubov va uning shigirdlarida namayon bo’lgan.

  Kafedrada 2005 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan diplomdan keyindi ta`lim ta`lim standartlari asosida anesteziologiya va reanimatologiya mutaxasisligi bo`yicha magistratura rezidentlari tayyorlanadi. Hozirgi kunga qadar magistraturani jami 41 nafar resident tugatgan, hozirda 8 kishi tehsil olmoqda. Magistraturani turli yillarda tugatganlardan 5 nafari hozirgi kunda bizning kafedrada assistant bo'lib ishlamoqdalar. Magistraturadan tashqari kafedrada har yili klinik ordinatorlar tayyorlanib, ular o`z ish faoliyatini Samarqand viloyati va shahridagi tibbiyot muassasalarida, shuningdek Respublikaning boshqa hududlaridagi davolash profilaktik muasasalarda davom ettirishmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot unversitetining rektorining 2021 yil avgust oyidagi buyrug`iga asosan anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasiga aylantirildi. Shuningdek, kafedra xodimlari kafedrani o`quv bazalari hisoblangan SamDTU ko`ptarmoqliklinikasida, Samarqan viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi, RIKIATM Samarqand viloyat mintaqaviy filialida davolanayotgan bemorlarga, shunigdek shahar kasalxonalari va tug'ruqxonalarida, viloyatning bosqa otaliq qilingan tumanlarida statsionar davolanayotgan bemorlarga ulkan tibbiy maslahat yordamlarini ko'rsatadilar, ular jadval asosida, tungi navbatchiliklar, uydagi navbatchilik va SAS liniyasi orqali kuratsiya qilishadi. SamDTU ko`p tarmoqli klinikasida operatsiyaga tayyorlanayotgan barcha bemorlar assistentlar, dotsentlar va professor tomonidan maslahatdat o`tkazilib va rejalashtirilgan anesteziya usuli, intensiv terapiya va reanimatsiya bo'yicha qaror jamoaviy ravishda qabul qilinadi.

  Kafedra assistentlari, dotsentlarining bo`lim vrach-ordinatorlari bilan malakali hamkorligi tufayli davolash ishlarida yuqori ko'rsatkichlarg erishdilar, bu nafaqat sonlar bilan, balki davolanish sifati, bemorlarga nisbatan do'stona munosabat va anesteziya va reanimatsiya asoratlarining yo'qlig ibilan ifodalanadi.