×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Vital Unity" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun anesteziologiya va reanimatsiya bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Anesteziologiya va reanimatsiya bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlaribo'yicha, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi assistent Qurbonov Navruzbek Zayniddin o’g’li.

  To’garagimizning Instagram, Facebook va YouTube platformalarida sahifalari mavjud. Bu sahifalarda oddiy xalq uchun kerak bo’lgan tez yordam maslahatlari olib boriladi.

  Instagram sahifasida har hafta yangi postlar va videolar joylashtiriladi. Bu postlar va videolarda turli xil tez yordam maslahatlari, shifokorlar intervyulari, va tez yordam ko’rsatish bo’yicha amaliy ko’rsatmalar beriladi. Talabalar o’z bilimlarini keng omma bilan bo’lishib, jamiyatning tibbiy savodxonligini oshirishga hissa qo’shmoqdalar.

  Facebook sahifasida to’garakning faoliyati, yig’ilishlari, konferensiyalari va tadbirlari haqida ma’lumotlar berib boriladi. Bu sahifada turli xil maqolalar, tez yordam bo’yicha maslahatlar va amaliy ko’rsatmalar joylashtiriladi. O’quvchilar va omma bu sahifa orqali tez yordam ko’rsatish bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishlari mumkin.

  YouTube kanalimizda tez yordam ko’rsatish bo’yicha videolar joylashtiriladi. Bu videolarda turli tez yordam usullari, yurak-qon tomir tiklash (CPR), yora va jarohatlarni bog’lash, shok holatidagi yordam kabi mavzularda amaliy ko’rsatmalar berilgan. Kanalda talabalar tomonidan o’tkazilgan master-klasslar, leksiyalar va boshqa tadbirlar haqidagi videolar ham mavjud.

  To’garakning telegram ijtimoiy tarmog’idagi guruhihttps://t.me/+rrHBVAt3rHJhZTNi

  To’garakning instagramm sahifasi: Anestethiology_resusens

  "Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Vital Unity"  to'garakkidabugungi kunda 27 nafar talabalari a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o’tkaziladigan to’garak yig’ilishlarida faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba  o’z yo’nalishi bo’yicha kafedra o’qituvchilariga biriktirilgan va «Ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

  Kafedrada o‘tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo‘lgan birlamchi xujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish, yuritish xaqida tushunchalar berib borish barobarida talabalarning oratorlik qobilyatini rivojlantirish maqsadida o‘z ilmiy ishlariga doir mavzularda prezentatsiyalar taxlanib, ularning taxlillari xam olib borilmoqda.

  Kafedra mudiri va mas’ul tomonidan SamDTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo‘lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmokda. TIT a'zolari xozirgacha o‘tkazilgan maxalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrentsiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko‘rsatib kelishmoqda

  Bundan tashqari Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi TIT a’zolari birgalikda Xalkaro va Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda TIT a'zolari va ularga tayinlangan ilmiy raxbarlar tomonidan maqolalar yozib borilmokda.