1968-yilda Anesteziologiya va reanimatologiya kursi Umumiy xirurgiya kafedrasi qoshida tashkil qilingan. 1974 yilda akademik O'ktam Aripovich Aripov va SamDTI rektori professor O’ktam Karimovna Vaxabova tashabbusi bilan Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasi tashkil etildi. O’sha davrlarda kafedra O'zbekiston Respublikasi va O’rta Osiyo tibbiyot oliy o'quv yurtlari orasida birinchi tashkil qilingan kafedra edi, kafedra mudirligiga professor Boruxov Semyon Abramovich tayinlandi.
Kafedraning dastlabki kunidan Dotsentlar Viktor Aleksandrovich Ryazantsev, Yuliy Rafkatovich Zamanov, Tolib Aslamovich Axtamov, assistentlar Boltaboy Xalilovich Xalilov, Eleonora Gafarovna Hamdamova, Erkin Xo'jaevich Ismoilov, Gorbocheov Sergay Leanedivich, Pulatjanova Madina Erkinovna, Aliev Ismoil Alievich, Pardayev Shukur Quylievich va boshqalar faoliyat ko’rsatib uning rivojlanishiga o’z hissalarini qushganlar. Kafedra tashkil qilingan kunidan hozirgacha SamDTUning ko’p tarmoqli klinikasida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda kafedraning qushimcha bazasi RIKIATM Samarqand viloyat mintaqaviy filialida joylashgan.
1996 yilda S.A. Boruxov nafaqaga chiqqanidan keyin, tibbiyot fanlari doktori Azamat Ulug’ovich Rahimov 1996 yildan 2010 yilgacha kafedra mudiri bo'lib ishlagan. 2010- 2012 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shukur Quylievich Pardayev kafedrani boshqargan. 2012 yil iyul oyidan tibbiyot fanlari nomzodi, 2018-yildan tibbiyot fanlari doktori dotsent Mansur Muratovich Matlubov kafedra mudiri lavozimiga saylandi.
2021-yildan SamDTU rektori professor J.A. Rizaev tashabbusi bilan Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi, 1-son davolash fakulteti qoshida Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasiga aylantirildi.
2005 yildan boshlab kafedrada magistratura rezidentlari O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim dasturlariga muvofiq anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo'yicha tayorlanmoqda. Hozirgacha magistraturani jami 60 nafarga yaqin rezidentlar ва 100 дан ортиқ клиник ординаторлар bitirdi. Magistraturani turli yillarda tugatganlar orasidan hozirgi kunda kafedrada 10 kishi assistent lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda. Magistraturadan tashqari, kafedra doimiy ravishda Respublikaning viloyat, shahar va tumanlar tibbiyot muassasalari uchun klinik ordinatorlarni tayyorlab kelmoqda.
Kafedra xodimlari SamDTU ko’p tarmoqli klinikasida, shaharning barcha davolash muossasalari va tug'ruqxonalarida, viloyatning barcha tumanlarida statsionar davolanayotgan bemorlarni davolashda mutaxassislarga malakali tibbiy-amaliy va uslubiy yordam ko'rsatadilar, jadval asosida tungi navbatchilikda turadilar va sanavia xizmati doirasida faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Doimiy ravishda kafedra xodimlari xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy simpoziumlarida, konferentsiyalar va O'zbekiston anesteziolog-reanimatologlar jamiyati yigilishlarida, xalqaro kongresslar va s’ezdlarda o’z m’ruzalari bilan faol qatnashib keladilar. Akademik mobillik doirasida Respublika va qo'shni mamlakatlar, hamda xorijiy davlatlar mutaxassislari ishtirokida qiziqarli seminarlar, vebinarlar va davra so’xbatlarini o'tkazib kelishmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar ilmiy jamiyati tashkil qilingan bulib faol talabalar ilmiy izlanishlar o’tkazib, ma’ruzalar bilan xalqaro olimpiada va yosh olimlar anjumanlarida qatnashib sovrinli o’rinlar olishmoqda.
Kafedra mudiri professor M.M.Matlubov va A.U.Raximov rahbarligida kafedra xodimlari Joniyev Sanjar Shuhratovich va Muminov Abduhalim Abduvakil o’gli 2024 ва 2025 yilda, Xudoyberdieva Gulrux Sobirjanovna va Akramov Bahodir Raxmonovich ilmiy izlanishlarini yakunlab tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldilar.
Hozirgi vaqtda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, профессор, 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, доцент, 4 nafar tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori faoliyat olib borishmoqda, 2 nafar kafedra hodimlari ilmiy ishlarini tamomlash arafasida.
2025-2026 o’quv yilida kafedrada faoliyat kursatayotgan professor-o’qituvchilar tarkibi: kafedra mudiri t.f.d. professor M.M. Matlubov, t.f.n., dotsent Sh.Q. Pardayev. Assistentlar: PhD Joniyev S.Sh., PhD Muminov A.A., PhD Akramov B.R., PhD Xudоyberdiyeva G.S., kat.ass. Xamdamova E.G., Sharipov I.L., Xolbekov B.Q., Goyibov S.S., Yusupov J.T., Qurbonov N.Z.
Ulashish