×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiyotdagi yangi diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilish hamda takomillashtirishga qaratilgan. SHu bilan birga yosh avlodni raqobatbardosh ruhida etuk mutaxasis sifatida jahon andozalariga mos ravishda tayyorlashga yo‘naltirilgan. Bunda O’zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish ko‘zda tutilgan.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ko‘p tarmoqli  klinikasi  ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 2 nafar xodim mustaqil tadqiqotchilik (Yusupov J.T., Qurbonov N.Z.) bilan shug’ullanmoqdalar. Kafedraning barcha xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan.

  Kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishi: Hamroh kasalligi bo‘lgan xirurgik bemorlarda anesteziologik qo‘llanma usullarini va yurak qon-tomir kasalliklari bilan homiladorlarda anesteziologik qo‘llanmani takomillashtirish.

  Davolash fakulteti Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi professor-o'qituvchilarining tadqiqotlari va nashrlari haqida ma'lumot.

  Kafedrada  ilmiy salohiyat - 50%.

  Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan: 2 kishi.

  Uch yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq maqola va tezislar, 3 ta monografiya, 11 ta o’quv qo’llanma, 8 ta o’quv-uslubiy qo'llanma,  va 22 ta EXM-dastur nashr etildi.