×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga mehr-oqibat ko‘rsatish, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol inson sifatida voyaga yetkazishga intilish — o‘zbek xalqining milliy mentalitetiga xos eng muhim fazilatlardan biri sanaladi. Ana shu ezgu qadriyatlar asosida tarbiya masalasi har doim ustuvor ahamiyat kasb etib kelgan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasining faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar yetakchi o‘rin tutadi.

  Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasida ushbu yo‘nalishdagi ishlar belgilangan tartibda, oldindan tasdiqlangan aniq va tizimli reja asosida muntazam amalga oshirib boriladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali talabalar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdiriladi, ularning ijtimoiy faolligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish va boshqarish kafedra o‘qituvchisi Mardiyeva G.K. zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ushbu mas’uliyatli vazifani yuksak darajada tashkil etish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etadi.


  Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar bilan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Ushbu faoliyat doirasida ular, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning asarlari, nutqlari, shuningdek Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda boshqa tegishli davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar bilan talabalarni tanishtirib boradilar. Bu orqali talabalar orasida yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, strategik yo‘nalishlar va ijtimoiy yangilanishlar haqida chuqur tushuncha shakllantiriladi.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari, shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni yuksak axloqiy-me’yorlar asosida voyaga yetkazish yo‘lida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradilar. Bu ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • Respublikada olib borilayotgan bunyodkorlik va yangilanish jarayonlarini keng targ‘ib qilish, talabalarni ularning mohiyati bilan tanishtirish hamda bu islohotlarda faol ishtirok etishga da’vat etish;
  • Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
  • Talabalar orasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish, ularni konstitutsiyaviy-huquqiy bilimlar, fuqaro jamiyati tamoyillari hamda davlat boshqaruvi tizimi haqida chuqur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
  • Dunyo va mamlakatimizda ro‘y berayotgan dolzarb ijtimoiy, siyosiy va madaniy voqealar yuzasidan talabalarga o‘z vaqtida aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazib berish orqali ularning yangiliklarga nisbatan to‘g‘ri munosabatini shakllantirish;
  • Talabalar orasida sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitni yaratish, o‘zaro hurmat, insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik kabi ijobiy qadriyatlarni mustahkamlash;
  • O‘quv muassasasining yo‘nalishi va ixtisoslashuviga muvofiq ravishda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida turli xil ijodiy va ilmiy to‘garaklarni tashkil etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

  Umuman olganda, kafedra jamoasi talabalar bilan olib borayotgan bu keng qamrovli ishlar orqali nafaqat ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.