“Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan qariyb tengdosh bo’lib, 1930-yillardan beri universitetning tibbiyot kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda universitet taraqqiyotining barcha tarixiy davrlarini bosib o‘tgan.
1936-yilgacha ijtimoiy fanlar alohida kafedrasiz o‘qitilib kelindi. 1936-yilda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tashkil etilib, uning birinchi mudiri dotsent I.M. Klyuchko edi. Kafedrada shuningdek, professor N. Larin, dotsent A. Valiev, o‘qituvchi A. Shakirovlar ham faoliyat yuritgan edilar. 1939-yilda kafedra “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb qayta nomlandi. Uning negizida 1965-yilda 3 ta yangi kafedra tashkil etildi. 1939-1942-yillarda kafedrani dotsent V.I. Mishin rahbarlik qildi. 1946-1947-yillarda o‘qituvchi M.S. Strelkova kafedrani boshqargan va 1959-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, dotsent ilmiy unvonini olgan.
- 1947-1951-yillarda kafedrani dotsent Zaxarov S.M..
- 1951-1954-yillarda dotsent Muratov N.M.
- 1955-1957-yillarda esa dotsent Abdullayev H.
- 1965-yilda kafedra negizida uchta yangi kafedra tashkil etildi:
- Falsafa kafedrasi (dotsent A.A. Axtamov);
- Tarix kafedrasi (dotsent Abdusattorov G.S.);
- Siyosiy iqtisod kafedrasi (dotsent Abdurazzoqov N.Yu.).
Pedagogik kadrlar soni ham ortdi. 1936-yilda kafedrada 4 o‘qituvchi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 1965-yilda bu son 12 nafarga, 1978-1979-yillarda esa 23 nafarga yetgan.
Mustaqillikka erishgach, 1995-yildan boshlab kafedralar yana yagona Ijtimoiy fanlar kafedrasiga birlashtirildi.
Kafedraning rivojiga ulkan hissa qo’shgan professorlar, dotsentlar, katta o’qituvchilar unga turli yillarda rahbarlik qilishgan. Professorlar A.A. Axtamov, G.S. Abdusattorov, F.S. Solieva, M.M. Muxammadov; Dotsentlar L.N. Djuraev, Yu. M. Xalimbetov, f.f.d H.Yu. Salamova, h.f.n dots, Yo.S. Sadikova; Katta o’qituvchi Sh. F.Majidov; Shuningdek, kafedra kurslariga boshchilik qilgan ( 2007–2011-yillarda): Iqtisodiyot nazariya – dots. M.J.Jamolov va falsafa – katta o’qituvchi D.Yu. Yuldasheva.
2019-yil oktabr oyidan boshlab kafedrada falsafa fanlari doktori (PhD), professor Aziza Nugmanovna Maxmudova rahbarlik qilib kelmoqda. Uning dissertatsiya mavzusi: “Zamonaviy fuqarolik jamiyatida shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi”, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 5 ta monografiya va 6 ta darslikning muallifidir. Kafedraning asosiy vazifalari falsafiy fikrlash tamoyillarini va shifokorlik hamda ilmiy faoliyat metodologiyasini o’rgatish; ijtimoiy jarayonlarga mas’uliyatli ishtirok etishga va o’zini-o’zi takomillashtirishga qodir shaxsni tarbiyalash; zamonaviy yoshlarni ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari 350 dan ortiq ilmiy ishlarni nashr etishdi, jumladan 6 ta darslik, 5 ta o'quv qo'llanma, 10 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, 8 ta monografiya, 30 ta elektron dastur va 150 dan ortiq maqolalar respublika va xalqaro jurnallarda chop etildi.
Xalqaro hamkorlik va akademik harakatchilik dasturi doirasida kafedra mudiri, prof A.N. Maxmudova va kafedraning dotsenti L.R. Usmonova Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va Ufada ma'ruzalar o'qib, master-klasslar o’tkazdilar.
Shunday qilib, Ijtimoiy va Gumanitar Fanlar Kafedrasining faoliyati, tibbiyot talabalarining dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, quyidagi g'oyalar asosida amalga oshiriladi:
- “Shifokor - faylasufdir; chunki donolik va tibbiyot o'rtasida katta farq yo'q.”-Gippokrat;
- “Tibbiyot falsafaning opasi hisoblanadi.” - Demokrit;
- “Tana davolash uchun, avvalo, ruhni davolash kerak.” - Suqrot