Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.
60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy - tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTUga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 3 ta ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:
1. Privoljsk tibbiyot tadqiqot universiteti
2. Boshqiriston davlat tibbiyot universiteti
3. “Ambulatoriya Mariinskaya” Sankt-Peterburg davlat sog’liqni saqlash muassasi
4. Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti
5. Immanuil Kant nomidagi Boltiq Federal Universiteti
2022 yilda kafedra mudiri, falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD Maxmudova Aziza Nugmanovna akademik mobillik doirasida Privoljsk tibbiyot tadqiqot universitetiga, Boshqiriston davlat tibbiyot universitetlari bilan aloqa va hamkorlik aloqalari o’rnatdi.
2022 yilda kafedra o’qituvchisi, falsafa fanlari bo’yicha, falsafa doktori PhD Usmonova Laylo Raxmatullayevna akademik mobillik doirasida “Ambulatoriya Mariinskaya” Sankt-Peterburg davlat sog’liqni saqlash muassasi bilan aloqa va hamkorlik aloqalari o’rnatdi.
2023 yil iyun oyida kafedra katta o‘qituvchisi Sh.F. Majidov Rossiyani Ufa shahrida «Berlek-Yedinstvo» geosiyosiy tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan “Yurta – Yevroosiyo forumi”da muvaffaqiyatli ishtirok etib ma’ruzalar qilib keldi.
2024, 2025 yillarda kafedra mudiri professor A.N.Maxmudova Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti akademik mobillikda bulgan, ularning talabalariga dars bergan.