Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqi milliy xarakterining xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun davlatimizda, universitetimizda jumladan kafedramizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishidan biri hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar rektorat tomonidantasdiqlangan reja asosida o’quv yili davomida olib boriladi.

  Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasida mas'ul o'qituvchi Nizomov Baxtiyor Urakovich kafedrada muvofiqlashtiradi va kafedrada faoliyatini tashkil etadi.

Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida doimiy ravishda ish olib boradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich .Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
  • talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
  • Samarqand tibbiyot universitetining tyutorlari bilan hamkorlikda muntazam o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini to’g’ri tashkiletish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;
  • Samarqand tibbiyot universitetida va viloyat va respublikada o’tkazilayotgan sport va boshqa manaviy va marifiy tadbirlarga talabalarni saralashni olib borish va tayyorlash va sovrinli natijalarni qo’lga kiritishga erishish
  • Ta’lim va Sog’liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan, yurtda obro’si yuqori bo’lgan fidoyi insonlar bilan talabalar o’rtasida uchrashuvlar tashkil etish va bu orqali talabalarni kelajakda o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishiga rag’batni kuchaytirish.
  • Talabalarnijahon va o’zbek adabiyotlari bilan doimiy tanishtirib borish va asar mualliflari bilan uchrashuvlar va adabiyot kechalari o’tkazish.
  • Talabalarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida vatan posponlari harbiylar bilan uchrashuvlar tashkil qilish.
  • Talabalarni darsdan bo’sh bo’lgan vaqtlarida shonli tariximizni yaxshi anglash va buyuk bobolarimizga mos avlod bo’lish uchun Go’ri Amir, Bibixonim, Shohi Zinda maqabaralariga, muzeylarga, va boshqa tarixiy qadamjolarga ziyorat uyushtirish.

1-TTJ." 1-sonli talabalar turar joyida Pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi xodimlari hamda Samarqand viloyati shaxmat federatsiyasi va “Afrosiyob shaxmat klubi” direktori Nosirov Akbar Axtamivich boshchiligida hamkorlik asosida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.