Kafedrada 3,4, 5, 6, kurs pediatriya, 2,3 – kurs tibbiy – profilaktika, 6 kurs davolash ishi fakulteti talabalari «ichki kasalliklar» fani dasturi asosida taxsil olishadi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 20 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ekg, exokg, ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali Ichki kasalliklar va kardiologiya mutaxassislarini tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Ushbu fanni o'qitishning maqsadi eng keng tarqalgan ichki kasalliklarning tipik shakllarini diagnostika qilish va davolash bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirishdir.
Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng qo'llaniladi. Dumaloq stol, stol o'rtasidagi ruchka, asalarilar to'dasi, aqliy hujum, krossvord, issiq kartoshka, doira usuli, 3x4, klaster ,baliq skeleti va boshqalar.. ". Kafedra xodimlari talabalarga Internetdagi barcha yangiliklarni va zamonaviy jurnallarni etkazishadi. O'quvchilar bilimini oraliq va yakuniy nazorat qilish va baholash kompyuter sinovlari va "OSKE" usuli yordamida amalga oshiriladi, bu esa o'z navbatida talabalar bilimini ob'ektiv baholashni ta'minlaydi.
Ulashish