Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari – Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari, revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv, bronxial astma va surunkali bronxitning kliniko-immunologik xususiyatlari, virus etiologiyali jigar sirrozining genetik tamoyillari bo`yicha olib borilmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.
2025-2026 o`quv yilida kafedrada 10 nafar pedagogik xodimlar faoliyat yuritishdi.Xodimlardan 1 nafari tibbiyot fanlari doktori, 3 nafari PhD, 6 nafari ilmiy darajaga ega bo`lmaganlar. Kafedra ilmiy salohiyati 40 % ni tashkil qiladi.
Kafedra mudiri DSc, dotsent Babamuradova Z.B. «Revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv» mavzusida Tibbiyot fanlari doktori ilmiy ishini himoya qildi. Ilmiy rahbar: prof. Shodiqulova G.Z.
Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasidan Shodiyeva G.R. «Вклад генетических факторов в прогрессировании цирроза печени вирусной этиологии и прогноз эффективности противовирусной терапии» mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbar: t.f.d. Ziyadullaev Sh.X.
Nasirova A.A. tomonidan SamDTI Ilmiy kengash 22.10.2021 yil «Клинико-иммунологические особенности БА и ХОБЛи их сочетание» mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbar: t.f.d. Bazarova S.A. – Toshkent Reabilitasiya markazi katta ilmiy xodimi. 2024 yil 3 iyulda Dosentlik unvoni №016029 berildi. Hozirgi kunda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “Дифференцированный подход к ранней диагностике, терапии и медицинской реабилитации пациентов с сочетанными бронхообструктивными синдромами” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
Assistent Iskandarova F.I«Прогностическая значимость полиморфизма генов матриксных металлопротеиназ при ревматоидном артрите» mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbar: T.f.d., professor, Shodikulova G.Z.
Kafedraning 3 nafar xodimi mustaqil izlanuvchilar hisoblanib, ular o`z yo`nalishida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Turkmanov M.M. «Бириктирувчи тўқиманинг дифференциаллашмаган дисплазияси бўлган беморларда остеоартрознинг клиник хусусиятлари» mavzusida 19.06.2026 kuni tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori ilmiy ishi bo’yicha seminar o’tkazildi. Ilmiy rahbar DSc Babamuradova Z.B.
Nizomov B.U. «Sistemali qizil yugurikda o’pka zararlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va davolashni takomillashtirish» mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori ilmiy ishi olib bormoqda. Ilmiy rahbar: Dots. Islamova K.A.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar
|
№ |
Mualliflar |
Chop etilgan qo`llanmaning nomi |
|
1 |
Babamuradova Z.B. |
Gastroenterologiya: Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari. |
|
2 |
Babamuradova Z.B. |
Gastroenterologiya: Jigar kasalliklarini tashxislash va davolash |
|
3 |
Shodiyeva G.R. |
Kardiopulmonologik kasalliklarning differensial diagnostikasi |
|
4 |
Iskandarova F.I. |
Revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv |
|
5 |
Nasirova A.A. |
Ichki kasalliklar |
Kafedra xodimlari tomonidan nashr etilgan monografiya va o`quv qo`llanmalar: