Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Kafedra tarixi

      Pediatriya fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi 1973 yilda tashkil topgan va RShTYOIM SFning 1-shoshilinch terapiya bo'limida joylashgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor O'ktam Karimovna Vaxabova edi.

      Vaxabova O’. K. 1973 yildan 2005 yilgacha pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri bo'lib ishlagan. Ushbu yillarda Vaxabova U.K. Blinov, Valeriy Anatolyevich bilan birgalikda u "Samarqand viloyatida yurak ishemik kasalligida epidemiologik, klinik va eksperimental tadqiqotlar" mavzusidagi ilmiy faoliyatga o'z hissasini qo'shdi.

      O'ktam Karimovna Vaxobova, 1928 yilda tug'ilgan t.f.d. (1972) professor (1973) O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1980). U Marg'ilon shahrida tug'ilgan, SamMIni tugatgan. 1950 yilda imtiyozli diplom oldi va o'sha yildan boshlabinstitutda ish boshladi. Gospital terapiya kafedrasi ordinatori (1950-1953), aspirant (1953-1956), o'sha kafedraning assistenti (1956-1959), Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti (1959-1963), Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (1963-1965). O'ktam Karimovna kafedrada ishlagan davrida o'quv ishlari bo'yicha prorektor (1961-1966), SamMI rektori (1966-1981), 1982 yildan 1986 yilgacha ToshMI prorektori bo'lgan. 1973-2005 yilgacha pediatriya fakulteti terapiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Ikki marta sobiq SSSR Oliy Kengashiga saylangan. U.K.Vaxobova 200 dan ortiq ilmiy ishlarini nashr etgan, uning rahbarligida 2 ta doktorlik, 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. U 3 orden va ko'plab medallar bilan taqdirlangan.

      Davidyan Artsvik Arfiyarovich - tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, 2005 yildan 2014 yilgacha kafedrani boshqargan. A.A.Davidyan pulmonologiya sohasida tadqiqotlar olib bordi, Zarafshon mintaqasida tamaki etishtiruvchilarida ekzogen alveolitni o'rgandi. Shu bilan birga u SamMI kasaba uyushma qo'mitasi raisi sifatida ishlagan.

      2014-2017 yillarda pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasini tibbiyot fanlari doktori Shuxrat Xudoyberdievich Ziyadullaev boshqargan. Ushbu yillar davomida kafedraning ilmiy va pedagogik faoliyatida ijobiy siljishlar yuz berdi. Immunologiya va molekulyar genetika sohasi bo'yicha bir nechta maqolalarlar va uslubiy ko'rsatmalar chop etildi.


      2017-2020 yillarda pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti terapiya va umumiy amaliyot kafedrasi bilan qo’shilib kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi dotsent Agababyan Irina Rubenovna boshqardi. U kardiologiya sohasini Samarqand viloyatida rivojlantirishga katta hissa qo'shdi, 20 dan ortiq ilmiy maqolalarini nashr etdi. Uning rahbarligida J.A Ismailov PhD nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020 yil sentyabr oyida pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti terapiya va umumiy amaliyot kafedrasidan ajralib chiqdi.

      Babamuradova Zarrina Baxtiyarovna. 2020 yil sentyabr oyidan buyon pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri. 2018-2020 yillarda tibbiyot fanlari doktori Gulandom Zikriyaevna Shodiqulova ilmiy rahbarligida “Biriktiruvchi to’qima differensiallashmagan displaziyasining rivojlanishi, kechishi va erta tashxislashida fenotipik, genetik markyorlarning ahamiyati” bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borib PhD nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2022 yilda dotsent unvoniga ega bo’ldi. Hozirda Babamuradova Zarrina Baxtiyarovna rahbarligida Turkmanov Ma’mur Matmusaevich va Iskandarova Farida Ismailovna PhD nomzodlik ishlari uchun tadqiqot olib bormoqdalar.

      2021 yilda Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasidan Nasirova Aziza Akbarovna ham “Клинико- иммунологические особенности сочетания бронхиальной астмы и хронической обструктивной болезни лёгких” mavzusi bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borib PhD nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.