×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar universitet Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti dekani prof. Shavazi.N.M  tomonidan tasdiqlangan - ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo`l xaritasi  asosida olib boriladi. Kafedrada 2017-2021 yillardagi O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo’yicha Harakatlar  strategiyasini,  Davlat Dasturiga bag`ishlangan plakatlar va Yoshlar  faoliyatini takomillashtirish  bo`yicha 5-tashabbus stendlari ko`rgazmali tashkil qilingan. 

  Kafedraga biriktirilgan barcha guruh kuratorlarining ish rejalari va uchrashuv bayonnomalari mavjud. Har juma  kuni kafedraning mas’ul assistenti Muminov O.B. boshchiligida kafedra xodimlari va studentlar ishtirokida yo`riqnoma asosida ma’naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi. Barcha guruh raxbarlari o`ziga biriktirilgan studentlar  bilan muntazam uchrashuvlar o`tkazadilar.

  Studentlarga odob-axloqme`yorlari haqida tushuntirish ishlari olib boriladi,  ommaviy ma`daniyat, kiyinish odobi, nos, sigaret chekish va spirtli ichimliklar qabul qilishni zarari haqida tushuntirish o`tkazilib boriladi.  Institut ma’naviyat va ma’rifat bo`limi tomonidan taqdim qilingan «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi», «Zararli illatlarga qarshi kurashish», Covid-19  bo`yicha batafsil ma’lumotlar berildi, taqdimotlaro`tkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi.  Ijarada yashovchi studentlar yashash manziliga borib ijarachilar bilan uchrashdi.

  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qarorlari va 2017-2021 yillardagiO`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi va Prezident Sh.Mirziyeev tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarni qo`llab- quvvatlash maqsadidagi «Beshta tashabbus» muntazam o`rganilib, kafedra xodimlari va studentlar o`rtasida batafsil muhokama qilindi.

  Sog`lom turmush va jismoniy madaniyatni shakllantirish bo`yicha olib borilgan ishlar:

  Studentlarga sog`lom turmush tarzi haqida suhbatlar tashkillashtirildi. Kafedrada tahsil olgan studentlarga murojaati bo`yicha tibbiy yo`rdam ko`rsatiladi.

  Jumladan  Butunjaxon SPIDGA qarshi  kurash  kunida  studentlar  bilan uning yuqish yo`llari va kasallik  alomatlari, keltirib chiqaradigan asoratlari haqida to`lik ma’lumot berildi, «Zararli illatlarga qarshi kurashish» mavzusida Samarqand shahrida o`tkazilgan shoshilinch reyd taqdimoti namoyish qilindi va  sog`lom turmush tarzini shakllantirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

  Kuratorlik guruhlari bilan   tarixiy obidalar  va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirildi. 2025 yil 12 mart kuni Murabbiylik guruhlari bilan 10-Mexribonlik uyiga tashrif  buyurib, bayram tadbiri tashkil qilindi, dotsent Xoljigitova M. B.va assistent  Oqboyev T.A. «Covid-19» pandemiyasini davolash va qarshi kurashish   bo`yicha  viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida faoliyat olib bordi.

  Dots.  Xoljigitova M.B.10.11.2025 yil «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4887-sonli Qarori qabul qilindi va aholi salomatligini yanada mustahkamlash xamda tibbiyot tizimida davolash sifati va samaradorligini yaxshilash bo‘yicha, 30.10.2025 yil «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida» PF-6099-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash borasida tumanlarda ma’ruzalar bilan seminar-treninglar tashkil qilishda faol qatnashdi.

Pastdarg`om tumanida o’tkazilgan seminardan lavha.

  Covid-19 infeksiyasi tarqalishi va uning oldini olish chora tadbirlari borasida qilinayotgan ishlar doirasida kafedra professor o’qituvchilari faol qatnashmoqda. Qo’shrabot tumaniga biriktirilgan xodimlar tuman kasalxona- poliklinikalariga borib, COVID-19 ning oldini olish va vaksina bo’yicha, emlanishning afzalliklari haqida muntazam seminarlar o’tkazib, savollarga javob bermoqdalar.  

  Dotsent  A.D. Dusanov 2025 yil mart oyida Samarqand televideniyasi  orqali «Ovqatlanish madaniyati» bo`yicha, 2025 yil iyunda O`zbekiston televideniyasining «O`zbekiston-24» kanalida va Samarqand televideniyasining «Diyor» kanali  orqali «Covid-19»   va karantin qoidalariga rioya qilish mavzularida chiqish qildi.

  Dotsent A.D.Dusanov  2025 yil Ishtixon tumanidagi tibbiyot kollejida «Sog`lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyati» mavzusida «Master klass» tadbiri o`tkazdi. Studentlar o`zlarini mavzu bo`yicha qiziqtirgan savollariga to`liq javob oldilar.