Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy tibbiy ta’lim va endokrinologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha muntazam ishlar olib boriladi.
Kafedraning xalqaro hamkorlik faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- endokrinologiya sohasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
- zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘rganish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘quv va klinik jarayonga joriy etish;
- professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va talabalar o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
- xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, kongresslar, seminarlar, master-klasslar va boshqa ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- xorijiy mutaxassislar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- xalqaro ilmiy jurnallarda qo‘shma maqola va tezislarni nashr ettirish;
- talabalar ilmiy jamiyatlari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- tajriba almashish, ilmiy stajirovkalar va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish.
Xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlik
Endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, olimpiadalar va ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
2026-yil 14-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi talabalari ishtirokida “Endokrinologiya sohasidagi dolzarb muammolar” mavzusida integratsion talabalar ilmiy jamiyati yig‘ilishi tashkil etilgan. Mazkur tadbir xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, talabalar o‘rtasida tajriba almashish va endokrinologiyaning dolzarb masalalarini muhokama qilishga xizmat qildi.
Kafedra talabalarining xalqaro ilmiy tadbirlardagi ishtiroki ham yuqori darajada. Jumladan, “Yosh endokrinologlar” talabalar ilmiy jamiyati a’zolari Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan tibbiyot talabalari VI-Xalqaro olimpiadasida faol qatnashib, I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
Shuningdek, kafedra talabalari va yosh tadqiqotchilari “Достижения фундаментальной, прикладной медицины и фармации” nomli 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, turli darajadagi diplomlarga sazovor bo‘lganlar.
Xalqaro ilmiy nashrlardagi hamkorlik
Kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar va magistratura rezidentlarining xorijiy ilmiy nashrlarda maqola va tezislar chop etish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
2025–2026-o‘quv yili davomida kafedraning iqtidorli talabalari va magistratura rezidentlari ustozlari bilan hamkorlikda mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 20 ta maqola va tezis nashr ettirgan. Ilmiy ishlar orasida birlamchi giperaldosteronizm, qalqonsimon bez kasalliklari, autoimmun tireoidit, diabetik nefropatiya, gestatsion giperglikemiya, gipertireoz va boshqa endokrin kasalliklarga bag‘ishlangan tadqiqotlar mavjud.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari
Kafedraning xalqaro hamkorlik doirasidagi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda yanada rivojlantirilmoqda:
- endokrin kasalliklarning zamonaviy diagnostikasi va davolash usullarini o‘rganish;
- qandli diabet va uning asoratlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar;
- qalqonsimon bez kasalliklari va autoimmun endokrin patologiyalar bo‘yicha ilmiy hamkorlik;
- homiladorlik davridagi endokrin kasalliklarni o‘rganish;
- metabolik sindrom va semizlik muammolari bo‘yicha tadqiqotlar;
- endokrinologiyada zamonaviy laborator va instrumental diagnostika usullarini o‘rganish;
- klinik holatlar bo‘yicha tajriba almashish;
- talabalar va yosh olimlarning xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish.
Endokrinologiya kafedrasi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, xorijiy mutaxassislar bilan ilmiy va pedagogik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro ta’lim loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.