Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra tashkil etilganidan beri 620 ta jurnal maqolalari, shu jumladan 13ta Scopus bazisida respublikada 294 ta va xorijiy jurnallarda 105 ta maqola OAK jurnallarida chop etildi. SamDTU bilan birgalikda endokrinologiya kafedrasi 358 dan ortiq seminari va 162 ta ilmiy-amaliy konferentsiyalari o'tkazildi. Jumladan 2022 yil sarxisobida kafedra xodimlari tomonidan 52ta maqola 20dan ortiq tezislar nashr qilingan. Kefedra xodimlari chet el mutaxasislari bilan aloqalari tashkil qilingan. 3 nafar kafedra xodimlari Sabirova D.Sh., Kamalov T.M., Yuldoshev U.Q. lar 2022 yilda Movskva shaxrida bo’lib o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

Bundan tashqari yil davomida seminar, vebinar, konferensiya va maxorat darslari o’tkazilib turiladi. Xozirda endokrinologiya kafedrasida davolash ishi, kasbiy ta’lim, pediatriya ishi, xalq tabobati, oliy xamshiralik ishi fakultetlari talabalariga endokrinologiya fanidan dars o’tiladi. Kafedrada magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar, malaka oshirish kurslarida tajribali va saloxiyatli endokrinologlar tayyorlanmoqda.
2022 yilning 13 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetga akad. Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Universitet faollar zalida Markaz vakillarining professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Shu yerni oʻzida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va akad. Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻrtasida Memorandum imzolandi. Imzolangan hujjatga koʻra, tomonlar ilmiy va taʼlim dasturlarini ilgari surish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish kabi ishlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.

Shuningdek, Markaz vakillari – direktor, t.f.d. Toʻrayev F.F. va direktor oʻrinbosari t.f.d., prof. Feruza Xaydarova tomonidan SamDTU oʻqituvchilari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlari uchun respublikada qandli diabet kasalligini davolashning hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida maʼruzalar oʻqidilar.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar
| № | Mualliflar | Chop etilgan qo’llanmaning nomi |
| 1 | Negmatova G.Sh. Togayeva G.S. Davranova A.D. | Gipotalamo-gipofizar tizim anatomiya-fiziologiyasi va kasalliklari. |
| 2 | Negmatova G.Sh. Togayeva G.S. Davranova A.D.
| Akromegaliya klinik belgilari va zamonaviy davolash usullari |
| 3 | Negmatova G.Sh. Togayeva G.S. Davranova A.D.
| Semizlik. Metabolik va bariatrik jarohlikda klinik tafsiyalar |
| 4 | Negmatova G.Sh. Sabirova D.Sh. | Заболевания паращитовидных желёз. Современные и научные основы патогенеза, клинические формы, диагностики м методы лечения |
| 5 | Negmatova G.Sh. Xalbayeva Z.A. | Birlamchi tibbiy bo’g’imda oilaviy shifokor tomonidan perediabet aniqlangan bemorlarni dispanser nazoratidan o‘tkazish |
| 6 | Negmatova G.Sh. Xalbayeva Z.A. Salimova D.E. | Qalqonsimon bez kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi, davolash usullari bo‘yicha zamonaviy yondashuv
|
Xozirgi kunda kafedrada 2 ta PhD, dots., 4ta PhD va 2 ta doktarant 2ta mustaqil izlanuvchi faoliyat olib bormoqda.