Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  

  1978 yilda SamMI rektorining buyrug'i bilan Beruniy 3 ko'chada joylashgan Viloyat endokrinologiya dispanseri negizida endokrinologiya kursi tashkil etildi.

  Endokrinologiya kursiga rahbar etib Xoliqova L.U. ta’yinlandi.

  Kafedra xodimlari Moskva, Sankt-Peterburg va respublikaning boshqa shaharlarida malaka oshirish kurslaridan o'tdilar. Dots. Ilyuxin V.N. va yordamchilar Yudina N. va Arefyanova S.A. turli yo’nalishdagi 4 va 6 kurs talabalari bilan shug'ullanishdi. Kursda shuningdek, butun soha bo'yicha mutaxassislar tayyorlandi. Endokrinologlarga ehtiyoj juda katta bo’lganligi sababli kurs boyidi. Kursga klinik ordinaturani tugatgan shifokorlardan qabul qilindi - Po'latov Sh.Z., Xalilova Z.X., To'raeva T.Yu., Mulatjanova M.E. 

  SamMIda 2005 yilda endokrinologiya kursi tashkil etildi, uni professor X.T. Hamraev boshqardi.

  Kafedrada Ariyants S.G., Mansurova G.Z., Nurbekova D.N., Xusanov X.Sh., Salamova Sh.E. ishlaganlar va turli sabablariga ko’ra ishdan bo’shab ketishgan ularning har biri kafedra va bo'limning rivojlanishiga hissa qo'shgan. 2017 yilda tibbiyot fanlari doktori prof.X.T.Xamraev SamTI pediatriyasi kafedrasiga ko'chirilishi munosabati bilan kurs mudiri t.f.n. N.A.Karimova kurs mudiri vazifasini bajarib keldi.

  SamMI rektori buyrug’i bilan 2021-2022 o’quv yilidan endokrinologiya kursidan, endokrinologiya kafedrasi  tashkil etildi.

  Endokrinologiya kafedrasi mudiri etib Negmatova G.Sh. ta’yinlandi. 

  Negmatova Gulzoda Shuxratovna-PhD,dots. Dissertatsiya mavzusi “O‘zbekiston aholisida autoimmun poliglandulyar sindrom bilan kasallangan bemorlar klinik-immunologik xususiyatlari va erta tashxislash”. 3 ta monografiya, 150dan ortiq maqolalar, 60 dan ortiq tezislar, 10 dan ortiq o’quv tavsiyanomalar, “Gipotalamo gipofizar tizim anatomiyasi va kasalliklari” va “Qandli diabetning 2-turini davolash bo‘yicha klinik tavsiyalar” nomli o’quv qo’llanmalar muallifi. Xorijiy va respublika konferensiyalar ishtirokchisi.

  Endokrinologiya kafedrasi xozirda Sog’liqni Saqlash Vazirligi Akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan Endokrinologiya Ilmiy- amaliy Tibbiyot markazi Samarqand hududiy filiali qoshida joylashgan bazada faoliyat olib bormoqda.