Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  Endokrinologiya kafedrasi qoshida talabalar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Yosh endokrinologlar” talabalar ilmiy jamiyati faoliyat olib boradi.

  2025–2026-o‘quv yilida ilmiy jamiyat tarkibiga jami 24 nafar bakalavriat talabalari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatura talabalari jalb qilingan. To‘garak a’zolari kafedrada muntazam tashkil etiladigan ilmiy yig‘ilishlarda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan holda “Ustoz-shogird” an’anasi asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

  Talabalar ilmiy jamiyatining faoliyati tasdiqlangan yillik reja asosida tashkil etilib, yig‘ilishlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. 2025–2026-o‘quv yili davomida jami 20 ta ilmiy to‘garak yig‘ilishi tashkil etilgan.

  Ilmiy to‘garak mashg‘ulotlari davomida talabalarga:

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
  • ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;
  • ilmiy maqola va tezislarning tuzilishi va yozilish qoidalari;
  • ilmiy materiallarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish;
  • tadqiqot natijalarini statistik va ilmiy jihatdan baholash;
  • natijalarni muhokama qilish va xulosa shakllantirish;
  • ilmiy maqola va tezislarni nashrga tayyorlash

  bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Mazkur yo‘nalishlarda master-klasslar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

  Talabalar endokrinologiyaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. Jumladan, qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, gormonal buzilishlar, metabolik kasalliklar, homiladorlikdagi endokrin kasalliklar, diabetik nefropatiya, autoimmun tireoidit, birlamchi giperaldosteronizm va boshqa endokrin patologiyalar bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar tayyorlaydilar. 2025–2026-o‘quv yilida kafedra talabalari tomonidan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda maqola va tezislar chop etilgan.
  Ilmiy to‘garak a’zolarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ular Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining umumiy endokrinologiya bo‘limida bemorlar ko‘rigida hamda operatsiyalarda faol ishtirok etib, amaliy bilim va klinik ko‘nikmalarini boyitib boradilar.

  Kafedra ilmiy to‘garagi doirasida talabalar xalqaro ilmiy hamkorlik tadbirlarida ham faol qatnashadilar. 2026-yil 14-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi talabalari ishtirokida “Endokrinologiya sohasidagi dolzarb muammolar” mavzusida integratsion talabalar ilmiy jamiyati yig‘ilishi o‘tkazilgan.

  “Yosh endokrinologlar” ilmiy jamiyati a’zolari universitet miqyosida o‘tkaziladigan xalqaro olimpiada va ilmiy-amaliy konferensiyalarda ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, 2025-yilda o‘tkazilgan tibbiyot talabalari VI-Xalqaro olimpiadasida kafedra talabalari I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
  Shuningdek, talabalar “Достижения фундаментальной, прикладной медицины и фармации” mavzusidagi 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etib, diplomlar bilan taqdirlanganlar.

  2025–2026-o‘quv yili davomida Endokrinologiya kafedrasining iqtidorli talabalari va magistratura rezidentlari ustozlari bilan hamkorlikda mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 20 ta tezis va maqola chop etib, tegishli sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanganlar.

  Ilmiy to‘garak faoliyatining asosiy maqsadi — talabalarda ilmiy-tadqiqot olib borish, klinik fikrlash, zamonaviy tibbiy adabiyotlar bilan ishlash, ilmiy natijalarni tahlil qilish va o‘z ilmiy ishlarini xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek endokrinologiya sohasida iqtidorli yosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Ilmiy to‘garak faoliyati uchun mas’ullar:

  • Kafedra mudiri, PhD, dotsent — Negmatova G.Sh.
  • Mas’ul stajyor-assistent — Salimova D.E.