“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasida hamda universitet “Sport klubi” bilan hamkorlikda talabalar sport tugaraklarini tashkil etish, talaba yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish va yanada rivojlantirish, ularni bush vaqtini mazmunli o‘tkazish, respublika, xalqaro sport musobaqalari o‘tkazish va ishtirok etish orqali amalga oshiriladi. Talabalar sport tugaraklarida kunikma va malakalartini shakillantirib, respublika hamda xorijiy sport musobaqalarida bellashadilar. O‘zbekistonning obro‘yini oshirish uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib keladilar.
Samarqand Davlat tibbiyot universitetida tahsil olib kelayotgan talaba yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va talabalarni o‘rtasida do‘stona ruhni shakillantirish hamda ularni bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida SamDTU “Sport klubi” tomonidan sportning ko‘plab turlaridan to‘garaklar tashkil etilgan. Samarqand Davlat tibbiyot universiteti sportchi talabalari xalqaro va respublika sport musobaqalarida munosib ishtirok etib faxirli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Sport to‘garaklariga qatnashuvchi talabalar respublika tanlovlarida muntazam qatnashib sport musobaqalarida o‘z maxoratlarinini chet davlatlarda bo‘lib o‘tayotgan sport musobaqalarida ham qatnashib munosib o‘rinlarni olishmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Belarus Respublikasining Grodno shahrida Rossiya, O‘zbekiston va Belarus Respublikalaridan tashrif buyurgan 20 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining 100 dan ziyod talabalari o‘rtasida “Vatanparvarlik o‘yinlari-2025” xalqaro musobaqasida ishtirok etdib, universitetimiz talabalari harbiy amaliy estafeta poygasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shu bilan birgalikda joriy yilning 21-28-iyul kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasining Vlodavastok shahrida oʻtkazilayotgan “I-Xalqaro talabalar yozgi sport oʻyinlar” musobaqalarida qatnashishdi. Xalqaro sport musobaqada 12 ta sport turlari bo‘yicha dunyoning 12 davlatining 128 ta oliy o‘quv yurtlaridan kelgan 1500 nafardan ziyod talabalar bahslarga kirishdi. Jumladan ushbu nufuzli sport musobaqasida universitet jamoasi Badminton va Shaxmat sport turlari bo‘yicha ishtirok etib shaxmat sport turi bo‘yicha faxirli 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2025-yilning 13-20-may kunlari Turkiya respublikasining Anqara shahridagi Sog‘liq bilimlari universitetida “Sport festivali-2025” xalqaro sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etib, sportning armrestling turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Universitetda sport sog‘lomlashtirish ishlari va sport to‘garaklari faoliyati uchun mas‘ul sport klubi raisi o‘rinbosari Ziyatov Muxammad Namozovich bugungi kunda ko‘plab iqtidorli sportchi talabalarni yuksak cho‘qqilarga erishishiga ko‘mak berib kelmoqda. Bular Fundamental tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi Mamurova Iroda yengil atletika sport turi bo‘yicha, stamatologiya fakulteti 4-kurs talabasi Jumaniyazov Shahobiddin sportning shaxmat turi bo‘yicha, stomatologiya fakulteti 6-kurs talabasi Bahriddinov Jaloliddin sportning voleybol turi bo`yicha, farmasevtika fakulteti 5-kurs talabasi Mamarajabov Shahboz sportning stol tennisi turi boʻyicha, davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi Abdusamatova Dilnura sportning milliy kurash turi bo‘yicha, pediatriya fakulteti 2-kurs talabasi Muhammadiyev Ravshan sportning dzyudo turi bo'yicha, davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi Raximberdiyeva Ruxshona sportning shaxmat turidan ko‘plab nufizli musobaqalarda ishtirok etib kelishmoqda va ushbu talabalar respublikamizda keng miqqiyosda o‘tkazilayotgan ‘‘Besh tashabbus olimpiadasi’’,‘‘Talabalar ligasi’’, “Universiada’’ kabi sport musobaqalari viloyat va respublika bosqichi sovrindorlari, “Hokim kubogi”-2024 g‘oliba va sovrindorlari hisoblanadilar.
Universitet sport klubi hamda jismoniy tarbiya va sport kafedrasi murabbiy-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olib ularni sport turlari bo‘yicha ularni maxorat va ko‘nikmalarini shakillantirmoqda. Yurtimizda va xorijda o‘tkazilayotgan musobaqalarda nufizli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ulashish