Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan yillik va istiqbolli rejalar asosida muntazam ravishda olib boriladi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul o‘qituvchisi Sattorov Q. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda tizimli ishlarni amalga oshirib, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, fuqarolik pozitsiyasi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratadilar.

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning asarlari, ma’ruzalari va nutqlari, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan talabalarni muntazam tanishtirib borish;
  • yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
  • talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy salomatlikni asrash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • talabalarning siyosiy-huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
  • mamlakat va jahonda sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy voqealar haqida talabalarni muntazam xabardor qilib borish;
  • talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va ochiq muloqotlar tashkil etish;
  • talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish;
  • talabalarning qiziqishlari va kafedraning ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda turli fan, ijodiy, ma’rifiy va sport to‘garaklarini tashkil etish;
  • iqtidorli va faol talabalarni aniqlash, ularni turli tanlovlar, olimpiadalar, konferensiyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish;
  • milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlari va muhim ijtimoiy-ma’naviy sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish;
  • kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talabalarni badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilishga keng jalb etish;
  • yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar, zararli odatlar va axborot xurujlarining salbiy ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha profilaktik va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

  Kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarini, balki ularning ma’naviy-axloqiy, intellektual va fuqarolik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar muntazam ravishda takomillashtirilib, zamonaviy ta’lim-tarbiya talablari asosida tashkil etib boriladi.