Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Samarkand Davlat tibbiyot universitetida jismoniy tarbiya darslari 1938-1948-yillarda fakultativ sifatida o‘tkazila boshladi. SamDTUda jismoniy tarbiya kafedrasi birinchi bo‘lib 1948-yilda tashkil etilgan. Kafedrani  turli  yillarda  turli raxbarlar boshqargan. 1948-1950-yillar B.P.Kondratyuk, 1950-1964-yillar Y.S.Skitov, 1964-1996-yillar P.V.Tokarev, 1997-1998-yillar  M.X.Hamroqulov, 1998-2000-yillar E.A.Abduraupov, 2000-2005-yillar I.Z.Normaxmatov, 2005-2006-yillar S.Mamarasulov,  2006-2026-yillar M.SH.Muratov, 2026-yildan hozirgi vaqtgacha M.N.Ziyatov boshqarib kelmoqda.

  2026-yildan boshlab kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ziyatov Muhammad Nomozovich rahbarlik qilib kelmoqda.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayoni bilan bir qatorda talabalarning jismoniy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  Kafedrada talabalar bilan mashg‘ulotlar olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli sport seksiyalari muntazam faoliyat olib boradi. Jumladan, voleybol, basketbol, shaxmat, futbol, stol tennisi, badminton, kurash, gandbolva bokskabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida turli sport musobaqalari, tanlovlar va tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Talabalar sporti va boshqa musobaqalarda kafedra o‘qituvchilari faol ishtirok etib, talabalarga amaliy va uslubiy jihatdan ko‘maklashmoqda.

  Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar orasidan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni aniqlab, ularni viloyat, respublika, xalqaro hamda boshqa nufuzli sport musobaqalariga maqsadli ravishda tayyorlab kelmoqda.

  Kafedraning asosiy vazifalaridan biri talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Mazkur yo‘nalish sog‘lom, jismonan baquvvat va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  Shu bilan birga, kafedra faoliyatida quyidagi asosiy vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • talabalarga jismoniy tarbiya va sportning asosiy tamoyillari hamda nazariy-metodik asoslarini o‘rgatish;
  • talabalarning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirish;
  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va uning mazmun-mohiyatini talabalarga singdirish;
  • talabalarda o‘z salomatligiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish;
  • ijtimoiy jarayonlarda faol va mas’uliyatli ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • talabalarning o‘z ustida muntazam ishlashi va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish;
  • yoshlarni ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
  • barkamol, sog‘lom va yuksak ma’naviyatli shaxsni voyaga yetkazishga ko‘maklashish.

  Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol insonni voyaga yetkazish o‘zbek xalqining milliy va ma’naviy qadriyatlaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida muntazam ravishda olib boriladi. Ushbu tadbirlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.

  Kafedrada talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshiriladi:

  • jismoniy tarbiya va sport tamoyillarini o‘quv-uslubiy jarayon mazmuniga izchil tatbiq etish;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar haqida talabalarga o‘z vaqtida ma’lumot berish;
  • talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasi va madaniyatini shakllantirish;
  • talabalarning siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatini oshirish;
  • mamlakatimizda va jahonda sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy voqealar haqida talabalarga muntazam ma’lumot yetkazish;
  • talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish;
  • talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
  • talabalarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli sport to‘garaklari va qiziqish klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • talabalarni jamoaviylik, intizom, mas’uliyat, vatanparvarlik va sog‘lom raqobat ruhida tarbiyalash.

  Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari ham muntazam ravishda olib boriladi. Ilmiy izlanishlarda yosh avlodni istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ta’lim va tarbiya jarayonining dolzarb masalalarini ilmiy jihatdan o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

  Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy ta’lim, jismoniy tarbiya va sportning nazariy-metodik asoslari, yoshlarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, sportchilarni tayyorlash metodikasi hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.