Ilmiy to'garak
Kafedra qoshida “Yosh akusher-ginekologlar” talabalar ilmiy jamiyati faoliyat yuritadi. Barcha talabalar muntazam yig‘ilishlarda faol ishtirok etadilar. Har bir o‘qituvchi talaba bilan birgalikda “Ustoz-shogird” an’anasi asosida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Ilmiy to‘garak a’zosi bo‘lgan talabalarga ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi, birlamchi hujjatlarni yig‘ish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, akusherlik va ginekologik bemorlarga birinchi shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar 2–3 bosqichda olib boriladi: nazariy qism, amaliy qism va vaziyatli masalalarni yechish orqali o‘tilgan materialni mustahkamlash.

Kafedraning “Yosh akusher-ginekologlar” talabalar ilmiy jamiyati a’zolari tibbiyot talabalari o‘rtasidagi xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. 2026-yil 25-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tibbiyot talabalari uchun “Avitsenna izdoshlari” xalqaro fan olimpiadasi tashkil etildi. Talabalarimiz ushbu olimpiadada ishtirok etib, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ular “Bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi innovatsion texnologiyalar” II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashib, III darajali diplomga sazovor bo‘ldilar.

Har yili Saratov tibbiyot universiteti tibbiyot talabalari bilan qo‘shma onlayn uchrashuv o‘tkazilib, unda akusherlik va ginekologiyaning dolzarb mavzulari faol muhokama qilinadi.
