Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari
Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Pediatriya fakultetining 2 son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida har payshanba kuni kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha ma’sul dotsent G.B.Arziyeva tomonidan o’tkazib borildi. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari bilan kafedra xodimlari, magistr, klinik ordinator va talabalar uzviy ravishda tanishtirib borildi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakultetida tahsil olayotgan 601, 602, 603, 604, 605 - guruh talabalari “Ustoz–shogird” tizimi doirasida 2 son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilariga biriktirildi, talabalarni yashash tarzi sharoitlaridan doimiy ravishda xabardor bo’lib turildi va barcha talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib “Odob-axloq kodeksi” bilan tanishtirildi. Talabalarni darslarni o’zlashtirishlari va davomati tekshirib borildi. Darsdan bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlari bilan qiziqib, mazmunli o’tkazish uchun tavsiyalar berib borildi.
2- son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi TTJ da barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish, talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish maqsadida talabalar orasida «Osh bellashuvi» va sport musobaqalari chiroyli tarzda o’tkazildi. 5 ta qozonda 5 hil osh damlandi: Samarqand, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Buxorocha. Undan tashqari «Armrestling» bellashuvi hamda voleybol o’yini talabalar orasida qizg’in o’tkazilib, barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.


Akusherlik va ginekologiya kafedrasiga darsga kelgan talabalar normal va patologik tug’ruq, operatsiyalarga kirgizildi, akusherlik qon ketishlarida birinchi yordam ko’rsatish malakalari amaliyotda ko’rsatilib o’rgatildi. Darsdan keyingi bo’sh vaqtlarida dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalar bilan suxbatlar o’tkazildi. Kafedrada to’garak tashkil etilgan bo’lib, unda muntazam ravishda Akusherlik va ginekologiya qiziqgan talabalar bilan ishlar olib boriladi va bizning talabalarimiz olimpiadalarda qatnashishib, faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqdalar.