Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Gümüşhane universiteti bilan hamkorlik qiladi!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevning Turkiya Respublikasiga xizmat safari davomida bir qator oliygohlar, jumladan Gümüşhane universitetiga tashrif buyurildi. Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Gümüşhane universiteti bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.

  Memorandumga ko‘ra qo‘shma hamkorlik loyihalarini va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, talabalar va o‘qituvchilarning akademik almashinuvini tashkil etish, ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.



SamDTU Matbuot xizmati