Kafedraning xodimlari ilmiy-tadqiqot zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy yangiliklar yaratish, yangicha davolash turlarini yaratish, talabalarni yangicha o‘qistish tizimida tashkil qilish ustida ishlamoqdalar.
Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 6 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Buzrukzoda J.D., Ismatov F.A., Shodiyev S.S., Musurmonov F.I., Isayev U.I., Furqatov Sh.F.) va 1 nafar xodim (Bekmuratov L.R.) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.
So‘nggi bir yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 3 ta o'quv qo'llanma, 2 ta monografiya, 3 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 40 dan ortiq maqolalar.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar
№ | Mualliflar | Chop etilgan qollanmaning nomi |
1 | Xazratov A.I. Abduvakilov J.U. | Dental implantologiya asoslari. |
2 | Xazratov A.I. Rizayev J.A. Amxadova M.A. | Stomatolog qabulida shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko‘rstaish |
3 | Xazratov A.I. Rizayev J.A. KubayevA.S. Iordonoshvili A.K | Chakka pastki jag‘ bo`g`imi artrologiyasi |
4 | Xazratov A.I. Rizayev J.A. Norbutaev A.B. | Temir tanqisligi holati bilan kechadigan kamqonlikda surunkali parodontitni tashxislash va davolash |
5 | Xazratov A.I. Rizayev J.A. Norbutaev A.B. | Stomatolog qabulida shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko`rstaish |