Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jug’rofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

1.X.M. Berbekov nomidagi Kabardino-Balkar Milliy universiteti

2.Janubiy-Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi

3.Ijevsk Davlat tibbiyot akademiyasi

4.Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI)

5.Stomatologiya va yuz-jag’ xirurgiyasi markaziy ilmiy tadqiqot instituti (SNIIS)

6.Qirg’iziston Davlat tibbiyot universiteti

  Shuningdek 2021-yil 18-24 dekabr kunlari kafedramiz asistenti Isayev Umid Ismailovich Samarkand Davlat Tibbiyot Instituti professor-ukituvchilari, klinik-ordinatorlar va talabalardan iborat delegatsiya aʼzolari tarkibida akademik mobillik doirasida Rossiya Federatsiyaning Moskva shaxridagi Stomatologiya va yuz-jag xirurgiyasi markaziy ilmiy tadkikot instituti (SNIIS)ga tashrif buyurdilar.