Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  2- son davolash fakultetining 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 14 nafar xodim faoliyat ko’rsatadi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar DSc fan doktori izlanuvchisi (Eltazarova G.Sh., ilmiy rahbar- Xudoyarova D.R.), 1nafar PhD tayanch doktorant (Axtamova N.A.) va 7 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Kurbaniyazova V.E., Tilyavova S.A., Ibragimov B.F., Kamalova D.D., Xasanova D.A., Axtamova O.F., Shavkatova G.Sh.) ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasida ham kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy ishlarni olib borib o’z bilim va salohiyatlarini oshiradilar.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 3 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, 13 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar. Bundan tashqari 20 taga yaqin o’quv-uslubiy qo’llanma va uslubiy tavsiyanomalar nashr etilgan. Xodimlar tomondan nashr etilgan o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar, tibbiyot o’quv yurtlari talabalari uchun qo’shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelmoqda.

  Kafedra xodimlari ko’plab respublika va xorijiy anjumanlarda, konferensiyalarda doklad va tezislari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

  Kafedrada nafaqat xodimlar, balki talabalarning ham ilmiy faoliyatiga katta ahamiyat beriladi. Xodimlar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar yozib nufuzli konferensiya va anjumanlarda qatnashayaptilar. Kafedraning iqtidorli talabalari O’zbekiston respublikasi fan olimpiadalarida qatnashib, sharafli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Bundan tashqari talabalar nafaqat respublika, balki xalqaro xorijiy fan olimpiadalarga qatnashib nufuzli o’rinlar olib, diplomlar bilan taqdirlandilar. Iqtidorli talabalar sa’fidan joy olganlar bu Kobilova Z.A., Danabayeva Z.J., Xaydarova R.S., Amanbayeva F.B., Zubaydullayeva Z., Shopulotov Sh.A., Isametdinova U.Z., Abdullayeva N.E.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori va kafedra mudiri boshchiligida kafedra xodimlari tomonidan ilmiy- amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, vebinarlar, ochiq dars va davra suhbatlari tashkil etib kelmoqda. Qolaversa nafaqat tibbiyot universiteti talabalari, balki tibbiyot kollej va lisey talabalariga ham ma’ruza, ochiq darslar va davra suhbatlari o’tkazilib kelmoqda.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Xudoyarova D.R.

Oripova A.F.

Atayeva F.N.

Indiaminova G.N.

Azimova K.I.

“Normal akusherluk”

2

Isroilova G.P.

Xudoyarova D.R.

Jo’rayeva G.E.

Azimova K.I.

Akusherlik qon ketishlar. Gemorragik shok. DTIQI (DVS) sindrom.

3

Eltazarova G.Sh.

Xudoyarova D.R.

Bachadon miomasi. Endometrioz. Tuxumdonlarning xavfsiz va xavfli o’smalari.