Kafedra 1932 yil tashkil qilingan bo’lib, shu yilda birinchi kafedra mudirligiga Aleksandr Vasilyevich Polyakov tayinlandi va 1942 yilgacha kafedrani boshqardi.
A.V.Polyakov
Bu davrda kafedra xodimlari tug’ruqni operativ olib borish usullarini mukammallashtirish, eklampsiyani oldini olish, bachadon yorilishlarining profilaktikasi, homilador ayollarda tuberkulyoz va bezgakni davolash muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borishgan. (R.S.Mirsagatova, 1935, va boshq.). Bu vaqt mobaynida uning rahbarligida Ye.S.Akopyan 1937 yilda kandidatlik ishini va 1941 yilda doktorlik dissertasiyasini yoqladi.
1942 yildan – 1949 yilgacha bo’lgan davrda kafedraga Yervan Sergeyevich Akopyan boshchilik qildi. U A.D.Stepanovaning kandidatlik dissertasiyasiga rahbarlik qildi.
Y.S.Akobyan
1949 yilda Yevgeniya Iosifovna Ioffe-Golubchik kafedra mudirligiga saylandi va 1959 yilgacha kafedrani boshqardi.Uning rahbarligida I.Z.Zokirov (1953), Z.M.Rasuli (1957), V.F.Farxadi (1957), M.A.Nabieva (1958), A.X.Abramovalar (1958) kandidatlik dissertasiyalarini yoqladilar.
E.I.Ioffe-Golubchik
1959
yilda tibbiyot fanlari nomzodi I.Z.Zokirov kafedra mudirligiga tayinlandi va kafedraga 1999 yilgacha,
ya'ni 40 yil davomida rahbarlik qildi.
I.Z.Zakirov
1999 yildan – 2017 yilgacha boshlab kafedraga t.f.d., dotsent N.I. Zokirova kafedra mudiri etib saylandi.
N.I.Zakirova
Zakirova rahbarligida 5 ta kandidatlik dissertasiyasi yoqlangan. Ular tomonidan 270 ortiq ilmiy maqolalar O‘zbekiston va chet el nashriyotlarida chop etilgan. 46 ga yaqin tavsiyanomalar nashr etilgan.
2018 yildan 1–son akusherlik va ginekologiya kafedrasini t.f.d. Xudoyarova Dildora Raximovna boshqarib kelmoqda.
D.R.Xudoyarova
O‘quv-uslubiy qo‘llanma-6, uslubiy qo‘llanma-6, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. 2 ta ilmiy ixtirolar, 2 patent qo’lga kiritgan. «Повышение качества медицинского обслуживания в отдаленных регионах Узбекистана » innovatsion proyekt, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” II Respublika tanlovida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lgani uchun Diplom bilan taqdirlangan.