Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Bo’lajak akusher ginekologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida  yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun akusherlik va ginekologiya fanining dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlari  bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Akusherlik va ginekologiya fanining dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlari  bo'yicha, fanga qiziqqan barcha talabalarni, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun ma’sul rahbar stajyor assistent PhD Yunusova Zarnigor Maksadovna, bugungi kunda  60 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

To’garakning telegram ijtimoiy tarmog’idagi guruhi: https://t.me/+v9CNsrVmTBs5NDVi

To’garakning instagramm sahifasi: obstetrics gyncology_N1

  To’garak sardori : davolash fakulteti 5-bosqich talabasi, 10 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" nomli talabalar va yosh olimlarning 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
1-darajali diplom sohibi:
  Iqtidorli talaba Toshpulatova Mohinur Akramjonovna Davolash fakulteti 5-kurs talabasi, 8 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari nomli talabalar va yosh olimlar konferensiyasining 2-darajali diplom sohibi, hamda C1 til sergifikatiga ega.

  1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi  "Bo’lajak akusher ginekologlar" to'garagida  bugungi kunda 30 dan ortiq talabalar qatnashib kelmoqdalar. TIJ a’zolari kafedra assistentlariga biriktirilgan bo’lib, ular o’rtasida ustoz-shogird  an’analari yaxshi shakllantirilgan.

  Kafedrada o‘tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish, yuritish haqida tushunchalar berib borish barobarida talabalarning oratorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o‘z ilmiy ishlariga doir mavzularda prezentatsiyalar tayyorlanib, ularning tahlillari ham olib borilmoqda.

  Kafedra mudiri va ma’sul tomonidan SamDTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo‘lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmoqda. TIJ a'zolari hozirgacha o‘tkazilgan mahalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrensiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko‘rsatib kelishmoqda

  Bundan tashqari 1-son akusherlik va ginekologiya" kafedrasi   TIJ a’zolari birgalikda Xalkaro va Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda TIJ a'zolari va ularga tayinlangan ilmiy rahbarlar tomonidan maqolalar yozib borilmoqda.