Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi
Bugun yurtimizning barcha oliygohlarida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham yangi o‘quv yiliga bayramona kayfiyatda start berildi. Erta tongdan universitet bosh binosida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev barcha talabalarni mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning kelgusi o‘qishlarida omadlar tiladi.
Shuningdek, 1-bosqich talabalari universitetning o‘quv va laboratoriya xonalari hamda ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Birinchi bosqich talabalari universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, oliygohning tashkil topishi, rivojlanishi hamda uning qiziqarli tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.









SamDTU Matbuot xizmati