Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Subordinaturani tashkil etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

  Joriy yilning 10-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida subordinaturani tashkil etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

  Seminarda DKTF oilaviy va pereventiv tibbiyot, ijtimoiy salomatlik, sog‘liqni saqlash boshqaruvi kafedrasi mudiri t.f.d. Xusinova Shoira Akbarovna tomonidan “Oilaviy shifokorlar uchun subordinatura va uni tashkil etish” mavzusida ma’ruza qilinib, oilaviy shifokorlar faoliyatida subordinatura tizimining ahamiyati, uni samarali tashkil etish va amaliyotga tatbiq etish masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  Tadbirda kafedra mudirlari va o‘qituvchilari faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashdilar.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-188-sonli qarori, Samarqand viloyati hokimining 2022-yil 4-apreldagi 61/01-07-sonli va 5-apreldagi 127 /01-14-sonli topshiriqlari hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yil 18 apreldagi buyrug‘i asosida universitetda subordinatura tashkil etilgan.


SamDTU Matbuot xizmati