Universitetda dastlabki darslar mustaqilligimizga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari shaklida tashkil etildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidagi dastlabki darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari sifatida tashkil etildi.
Darslar davomida Mustaqilligimizning xalqimiz va ayniqsa yoshlarimizga bergan ulkan imkoniyatlari, mustaqilligimiz sharofati va yurtboshimiz tashabbuslari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr almashildi.
“Kelajak soati” darslari yoshlar ongida mustaqillik va tinchlikning qadriga yetib, uning sharofati bilan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda vatanparvarlik, fidokorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.







SamDTU Matbuot xizmati