Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o'tkazildi

  Joriy yilning 11-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi X.Kubayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor E.Tangirov, universitet rektor maslahatchisi I.Qurbanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i O.Muratov hamda talabalar ishtirok etdi.

  Davra suhbati davomida jamiyatda ma’rifatni yuksaltirish, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, sog‘lom dunyoqarash va ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarni ilm-ma’rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

  Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.



SamDTU Matbuot xizmati