Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish, tibbiyotga zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalar, eng yangi yutuqlarni qo‘llagan holda, xorijning tibbiyot sohasidagi ta’lim muassasalari bilan birgalikda yuqori malakali professorlar, ilm-fan mutaxassislarining o‘zaro fikr va tajriba almashishlari maqsadida dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari bilan muntazam hamkorlik qilib kelinyapti.

  Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining qator tibbiyot universitetlari va ilmiy-tekshirish institutlari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlikda integral ma’ruzalar, amaliyot seminarlari, ilmiy ishlar taqdimotlari o‘tkazib kelinmoqda.

  16-24 dekabr kunlari Samarqand Davlat tibbiyot universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari qatorida kafedra mudiri dotsent Samieva Gulnoza Utkurovna Rossiyaning I.I.Mechnikov nomidagi Shimoli-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti, I.P.Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg birinchi davlat tibbiyot universitetida akademik mobillik dasturlarida ishtirok etdi. 21 dekabr kuni SamDTI delegatsiyasini Marinskiy saroyi Qizil zalida Sankt-Peterburgning ijtimoiy siyosat va sog‘liqni saqlash Qonunchilik Yig‘ilishi doimiy komissiyasining raisi Aleksandr Rjanenkov kutib oldi. O‘zbekiston va Peterburg o‘rtasida tibbiyot yuzasidan konstruktiv hamkorlik aloqalari izchil olib borilayotganligi, pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasidagi kasallanish holatlari mavzusida gapirib o‘tib, delegatsiya a’zolariga murakkab vaziyatdagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.


  Shuningdek, suhbat davomida ikkinchi jahon urushi davrida Samarqandga evakuatsiya qilingan S.M.Kirov nomidagi Harbiy-tibbiyot akademiyasidan 3 marta harbiy shifokorlar o‘qishni bitirib frontga otlanganliklari, Leningrad aholisining O‘zbekistonga evakuatsiyasi va o‘zbekistonliklarning ularni qanday kutib olishganlilari eslab o‘tildi. Tashrif davomida professor-o‘qituvchilarimiz Sankt-Peterburg tibbiyot universitetlarida ta’lim jarayoni olib borilishi hamda simulyatsion markazi bilan tanishishdi. O‘quv jarayonining olib borilishi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning tashkillashtirilishi yuzasidan o‘zaro tajriba almashinuvi o‘tkazildi. Laboratoriya ishlarining zamonaviy tibbiy texnologiyalar asosida olib borilishi bilan tanishildi. Guruxlar va oqimlarga amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tildi.



  Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi hamda sankt-Peterburg tibbiyot universitetlari o‘rtasida akademik mobillik doirasida o‘quv-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

  Ushbu hamkorlik ikki mamlakatda ham tibbiyotga oid innovatsion yangiliklarga yo‘l ochuvchi va ushbu jarayonni tezlashtiruvchi yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashga turtki bo‘lishini e’tirof etdilar.

  Shuningdek kafedraning 2 nafar yosh o‘qituvchilari Yuldasheva F. I. hamda Safoeva Z.F. Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI) da akademik mobillik bo‘yicha zamonaviy davolash va diagnostika innovatsion usullarini tabdiq qilish masalalari bo‘yicha o‘qishda bo‘lib qaytishdi.



  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 apreldagi PQ 188-son “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risi” dagi qarorini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Patologik fiziologiya kafedrasi xodimlari yil davomida Qo’shrabot tumanidagi 79-umumiyta'lim maktabida o’quv jarayonining olibborilishi tug’risida kafedra xodimlari tomonidan o’quv-uslubiy tavsiyalar berib borildi.