Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir institutda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etiladi. Shu bilan birga kafedra o‘qituvchilari talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishida ham ishtirok etishadi.

  Kafedra yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda institutning jamoat tashkilotlari ya’ni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan chambarchas holda faoliyat olib boradi.

  Patologik fiziologiya kafedramizda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan etuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

  Kafedramizda olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat shlarining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Tairova S.B. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

Patologik fiziologiya kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari:

– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;

– talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;

– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;

– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;

– talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;

– manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

Patologik fiziologiya kafedrsidagi ma’naviy va ma’rifiy ishlardan lavhalar