Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1 kurs farmatsiya va OXI, 2-kurs xalq tabobati, 2-3 kurs davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya fakulteti talabalari «Patologik fiziologiya» fani dasturi asosida tahsil olishadi.

  Har bir fakultet va kurs uchunquyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida dars mashg’ulotlari olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat standarti;

– O’quv dasturi;

– O’quv ishchi dastur;

– Kalendar-tematik reja.

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 50 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.

• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

 Kafedrada laboratoriya ishlari faol olib boriladi