Kafedra tarixi
Nevrologiya kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan tengdosh bo‘lib, 1933-yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va universitet taraqqiyotining barcha tarixiy davrlarini bosib o‘tgan kafedralardan biri hisoblanadi.
1933 va 1940 yillarda SamMI davolash fakulteti tarkibida kafedraning dastlabki pedagogik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari institutning umumiy rejasi asosida faoliyat yurita boshladi. Kafedraning asosiy bazasi bo‘lib, SamMI klinikasining nevrologiya bo‘limi hisoblangan. Kafedra o’zining rivojlanish bosqichida yilllar davomida turli xil professor o’qituvchilar, dotsentlar hamda katta o’qituvchilar tomonidan boshqirilib kelingan.
Nevrologiya kafedrasining birinchi kafedra mudiri professor Churaev I.Ya., bo‘lib, ilgari dotsent Qozon vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti bo‘lib, kafedrani 25.12.1933 yildan 12.03.1942 yilgacha boshqarib kelgan.
Churaev I.Ya.
1942 yil aprelidan 1943 yil noyabrgacha kafedrani o‘rindosh sifatida S.M. Kirov –nomidagi Xarbiy meditsina akademiyasi professori Karchikyan S.I. boshqargan.
Karchikyan S.I.
1943 noyabrdan 1944 oktyabrgacha SSSR SSV tayinloviga asosan kafedrani tibbiyot fanlari doktori Sokolyanskiy G.G. boshqargan.
1944 yil oktyabrdan 1945 yil noyabrgacha vaqtinchalik Gabrielyan M.I. boshqargan.
1945 yil noyabrdan 1954 sentyabrgacha SSSR SSV tayinloviga ko‘ra, Bextereva – Kunakov K.A. nomli miyani o‘rganish instituti dotsenti Kunakov K.A. kafedra mudiri etib tayinlangan.
Kunakov K.A.
1954 yil oktyardan 1976 sentyabrgacha kafedra mudirligini professor Gabrielyan M.I. boshqargan.
Gabrielyan M.I.
1976 yildan 1995 yillargacha – professor Samibaev M.X.
Samibaev M.X.
1995 sentyabrdan 1997 iyun oyigacha professor Aslanov A.M.,
Aslanov A.M
1997 yil sentyabrdan 1999 yil sentyabrgacha kafedra mudirligi majburiyatlarini dotsent Allaz ogli N.A. bajarib kelgan.

N.A. Allaz ogli
1999 yil sentyabrdan 2004 yil sentyabrgacha kafedra mudirligini professor Mamadaliev A.M. boshqargan.
Mamadaliev A.M.
2004 yil sentyabrdan xozirgi kungacha kafedraga professor A.T. Djurabekova rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Djurabekova A.T.
2004 yil sentyabrdan hozirgi kungacha kafedraga Professor A.T. Djurabekova rahbarlik qilib kelmoqdalar. Ushbu insonning bevosita qo’l ostida 16 ta tibbiyot fanlar nomzodi hamda 5 ta tibbiyot fanlari doktori yetishib chiqdi. 900 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika hamda xalqaro jurnallarda chop etilgan. O’z navbatida 7 ta monografiya, 40 dan ortiq o’quv-uslubiy-tavsiyanoma, 6 ta qo’llanma hamda 25 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 20 ta EHM dasturlar, 2ta patent muallifi hisoblanadi. Buxoro Davlat Tibbiyot insitituti qoshidagi ilmiy daraja beruvchi № dsc.04.30.04.2022.tib.93.02 kengash a’zosi. Buxoro Davlat Tibbiyot insititutida muvofiqlashtirilgan imtioh oluvchi komissiya tarkibi a’zosi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va himoya kengashi №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 a’zosi. «Nevrologiya va Neyroxirurgiya» jurnali (O’zbekiston) va «Haydarpasa numune medical» jurnal (Turkiya), Komorbid nevrologiya(Rossiya) larining nashriyot a’zosi.
Djurabekova A. T ga 2019- yilda SamDTU ning «Eng yaxshi ilmiy rahbari» hamda «Eng yaxshi shifokori», 2020-yilda esa yilning « Eng yaxshi professori » darajalari topshirilgan.
Kafedraning asosiy vazifalari:
- nevrologik tekshirish, asab tizimining shikastlanish belgilarini aniqlash, nevrologik sindromlarni aniqlash va dolzarb tashhisni asoslash ko'nikmalarini o'rgatish;
- talaba tomonidan nevrologik kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolash va profilaktikasi haqida zamonaviy bilimlarni olish;
- talabaning klinik nevrologik tafakkurini shakllantirish, shoshilinch nevrologik holatlarni tekshirish va davolashning zarur kompleksini mustaqil ravishda tashhislash, o'tkazish va tayinlash va asab tizimi kasalliklarining oldini olish.
Nevrologiya kafedrasining o'quv rejalari
Kafedra “Umumiy tibbiyot”, “Pediatriya”, “Stomatologiya”, “Tibbiy profilaktika” fakulteti, “Tibbiy biologiya” fakulteti, “Tibbiy biologiya” fakulteti dasturlari boʻyicha 3-4-5-kurs talabalarini hamda chet ellik talabalarni tayyorlaydi. .
Nevrologiyada siklni o'tkazishning asosiy vazifalari talabalarni fanning eng dolzarb masalalari bilan tanishtirish, nevrologik tashxisni (topik va klinik) quyish tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat. Serebrovaskulyar kasalliklar, bosh miya va orqa miya o'smalari, periferik asab tizimining kasalliklari va shikastlanishlari, neyroxirurgik aralashuvga ko'rsatmalar kabi kasalliklarni tashhislash va davolashga alohida e'tibor qaratish lozim. Bemorlar guruhini tahlil qilishda erta tashhis qo'yish muhimligini, bemorlarni o'z vaqtida kasalxonaga yotqizish zarurligini ta'kidlash kerak. Asab tizimining kasalliklarini o'rganishda, ayniqsa, miya koma, o'tkir insult, epileptik holat, Giyena-Barre sindromi, miyastenik kriz va boshqalar kabi shoshilinch holatlar uchun differentsial diagnostika va davolash sxemalarini bilish juda muhimdir.
Hozirgi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan Professor-O’qituvchilar tarkibi quyidagi mutaxasisslar jamoasidan iborat:
N.N. Abdullayeva tibbiyot fanlari doktori, kafedra professori. Ushbu insonning bevosita qo’l ostida 5 ta tibbiyot fanlar nomzodi yetishib chiqdi. 300 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika hamda xalqaro jurnallarda chop etilgan. O’z navbatida 3 ta monografiya, 15 dan ortiq o’quv-uslubiy-tavsiyanoma, 4 ta qo’llanma hamda 4 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalarning muallifi hisoblanadi. Buxoro Davlat Tibbiyot insitituti qoshidagi ilmiy daraja beruvchi № dsc.04.30.04.2022.tib.93.02.
Kengash a’zosi. Bundan tashqari Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qoshidagi ilmiy daraja beruvchi DSc.04/30.12.2019. Tib.31.01.kengash a’zosi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi himoya kengashi №DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04 a’zosi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 raisi. SamDTU qoshidai 1-son Ko’p tarmoqli klinikada bosh vrach. 2022-yilda O’zbekiston Respublikasi « Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Sh.T. Niyozov tibbiyot fanlari doktori, kafedra dotsenti, bevosita qo’l ostida 3 ta tibbiyot fanlar nomzodi yetishib chiqdi.Nomzodlik dissetatsiyasi mavzusi « Ensafalomiyelit va miyelitlarda ozonoterapiya qo’llashning klinik va morfologik samaradorligi». 2021-yilda Doktorlik dissertatsiyasini quyidagi mavzu bo’yicha yoqladi «Bolalarda ensefalit asoratining klinik-epidemiologik paraklinik va morfofunksional tavsifi hamda prognostik kritertiylari». 100 dan ortiq ilmiy ish, 2 ta monografiya va 3 ta o’quv qo’llanma muallifi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va himoya kengashi №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 a’zosi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi himoya kengashi №DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04 a’zosi. Kafedrada Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha ma’sul.
N.F. Vyazikova tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra assistenti. Nomzodlik disseratatsiya mavzusi «Bosh miya qon aylanishi buzilishining dastlabki bosqichlariga ta'sir etuvchi xavf omillari umumiy tushunchasi va tuzilishi strukturasi» 120 dan ortiq ilmiy ish, 1ta o’quv ilmiy qo’llanma va 3ta o’quv uslubiy tavsiyanoma muallifi. Kafedrada magistratura rezidentlari ishlari bo’yicha hamda iqtidorli talabalarini fan olimpiadasi va konfirensiyalarga tayyorlash bo’yicha ma’sul.
A.A. Gaybiyev tibbiyot fanlari doktori, kafedra dotsenti. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi«Bolalardagi o’tkir poliradikulonevritlarda kuzatiladigan immunologik ko’rsatgichlar tahlili va takomillashtirilgan davosi» Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: «Bolalarda diabetik polineyropatiya rivojlanishining immuno patogenetik xususiyatlari erta diagnostikasi va takomillashgan davosi ». 80 dan ortiq ilmiy ish va 1 ta monografiya muallifi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va himoya kengashi №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 a’zosi. Kafedrada Kompyuter texnologiyalari (Modul tizimi platformasi) bo’yicha ma’sul.
D.S. Shomurodova tibbiyot fanlari doktori, kafedra assistenti. 2024-yilda Doktorlik dissertatsiyasini quyidagi mavzu bo’yicha yoqladi «Keksalarda qalqonsimon bez disfunktsiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional hususiyatlari». 80 dan ortiq ilmiy ish, 2 ta monografiya va 1 ta o’quv qo’llanma muallifi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 a’zosi. Kafedrada tashkiliy masalalar bo’yicha ma’sul.
K.V. Shmirina tibbiyot fanlar nomzodi, katta o’qituvchi. Nomzodlik mavzusi «Umurtqa pog'onasi surunkali og'riq bo'lgan bemorlarning hayot sifati va davolash taktikasini ratsionalashtirish savollari» 140 dan ortiq ilmiy ish, 1 ta monografiya, 1 ta o’quv uslubiy qo’llanma muallifi. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash №DSc.04.05.05.2023.Tib.102.03 kotibi. Kafedrada xorijiy talabalar bilan ishlash bo’yicha ma’sul.
Sh. K. Eshimova kafedra o’quv ishlari bo’yicha mas’ul, tibbiyot fanlar nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi «Umurtqa pog’onasi bo’yin qismining zararlanishi va degenerativ kasalliklar fonida vujudga keladigan oftalmologik buzlishlar». 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Kafedrada o’quv-uslubiy va klinik konferensiyarni o’tkazish bo’yicha mas’ul.
Sh.T Isanova tibbiyot fanlar nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi «O’smirlarda vegetativ disfunksiyalar natijasida vujudga kelgan kliniko-nevrologik va metobolitik sindromlar». 60 dan ortiq ilmiy ish va 2 ta o’quv uslubiy tavsiyanoma muallifi.
M.M. Mamurova tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi «O’smirlar orasida arterial gipotoniya fonida yuzaga keladigan bosh miya surunkali ishemiyasining kliniko-nevrologik xususiyatlari». 35 dan ortiq ilmiy ish va 2 ta monografiya muallifi. Kafedrada ilmiy ishalr bo’yicha ma’sul.
A.A. Qosimov tibbiyot fanlar nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi «Postravmatik epilepsiyaning somadik kasalikllar fonidagi kliniko-diagnostik xususiyatlari». 35 dan ortiq ilmiy ish, 2 ta metodik qo’llanma va 1 ta monografiya muallifi. SamDTU 1-son Ko’p tarmoqli klinikaning Nevrologiya bo’limi boshlig’i. Kafedrada davolash ishlari bo’yicha ma’sul.
Sh. S. Ollanova tibbiyot fanlar nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi « Parkinsonizm kasalligida vujudga keladigan og’riq sindromlarining klinik variantlari». 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Kafedrada prtokollar tuzish bo’yicha kotib.
Z.K. Amonova tibbiyot fanlar nomzodi, kafedra dotsenti. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi « Gipotalamo-gipafizar-buyrakusti bezi disfunksiyalari fonida vujudga keladigan epilepsiyalarning klinikasi, diagnostikasi va optimizatsiyalashgan davosi». 25 ta maqola, 1 ta metodik qo’llanma va 2 ta monografiya muallifi. Xalqaro ta’lim fakulteti ilmiy kotibi. Kafedrada Xotin qizlar masalalari bo’yicha mas’ul.
S.S. Ergashev tibbiyot fanlar nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi «Chaqaloqlarda markzaiy nerv sistemazsining perinatal zararlanish fonida ko’z tubida ro’y beradigan o’zgarishlarning klinikasi va optiko-kogerent-tomografiyadagi ko’rinishini tahlil qilish». 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Kafedrada talabar ilmiy jamiyati (TIJ)ni yuritish ishlariga mas’ul.
S. Q. Anorboyev stajor-assistent. «Oʻsmirlarda surunkali tikoz giperkinezlarni zamonaviy klinik-laborator tashxislash va qiyosiy yondashuvni takomillashtirish». mavzusi bo’yicha ish olib bormoqda. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Kafedrada o’quv-uslubiy va klinik konferensiyarni o’tkazish bo’yicha mas’ul.
2006-yildan kafedrada Nevrologiya, 2009-yildan Bolalar Nevrologiyasi yoʻnalishi boʻyicha rezidentlar tayyorlash boʻyicha magistratura yoʻnalishlari ochildi. Magistrlik dissertatsiyalaridan biri Respublika mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ko'p yillar davomida klinik rezidentlar bilan tadqiqotlar olib borildi.
Kafedrada 26 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari , 9 nafar tibbiyot fanlari doktorlari tayyorlandi. Oxirgi 3 yillari davomida tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar, 14 monografiya, 4 risola, 16 oʻquv-metodik qoʻllanma, 40 ta uslubiy tavsiyalar, oʻzbek tilida 1 ta darslik va rus tilida 1 ta darslik (hammualliflikda) nashr etilgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan asar bor.
Kafedra xodimlari tomonidan ko‘plab o‘quv-uslubiy ishlar olib borilmoqda. 2020-yilda talabalarni o‘zbek (lotin alifbosi), rus va ingliz tillarida (chet ellik talabalar uchun) masofaviy o‘qitish platformasi yaratildi. Barcha mavzular bo'yicha videoma'ruzalar tayyorlandi. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan doimiy ish olib borilib, uning natijalari respublika va xalqaro konferensiyalarda ma’ruza va tezislarda o‘z ifodasini topib, talabalar har yili munosib diplomlar olishmoqda. O‘quvchilar respublika olimpiadalarida ham qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
A.T.Djurabekovaning bevosita ko‘magida Samarqand shahrida xalqaro konferensiyalar o‘tkazdi. Ularda rus, qozoq, tojik, ukraina olimlari qatnashdilar. 2022-yilning 6-10-iyun kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samara davlat tibbiyot universiteti va nevrologiya kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan Turk dunyosining 4-Xalqaro Tarqoq Skleroz Kongressi o‘z ishini boshladi. Anjumanda nafaqat yaqin sharq davlatlari Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Qazoqiston va Gruziya hattoki uzoq sharq davlatlari ham Turkiya, Avstriya, Polsha, Germaniya, Chexiyadagi yetakchi mutaxassislar bevosita ishtirok etdilar.
Professor A.T. Djurabekova, professor N.N. Abdullaeva va kafedra xodimlari AQSH, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Turkiya, Latviya, Qozog‘iston, Gruziya, Germaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, konferensiya va kongresslarda ishtirok etib, ma’ruza qildilar.
Shunday qilib, Nevrologiya kafedrasi faoliyatiga yaqindan nazar solsak ular faoliyatida quyidagilarni ko’rishimiz mumkin:
- tibbiyot talabasining dunyoqarashini rivojlantirish
- differentsial diagnostika va tabaqalashtirilgan terapiya, shuningdek, talabalarning ko'nikmalarini shakllantirish;
- nevrologik tekshiruv va diagnostika uchun zarur bo’lgan ilm va malakalrni talabalarga yetkazib berishdan iborat.