×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  O‘quv yilida amalga oshiriladigan ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy tarbiya ishlari rejasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy soxalardagi isloxotlarga xamoxang tarzda Samarqand davlat tibbiyot universitetida ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq tuziladi.

  Rejada belgilangan talablar moxiyatiga ko‘ra, talabalarda komil inson fazilatlarini, tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, ularning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazish, ma'naviy  tadbirlarning ma'rifiy tadbirlar bilan uyg‘unligini ta'minlash,  intelektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangilikni qo‘llab-quvvatlash, yurt tinchligi va o‘zaro jipslikka erishishga doir bir qator masalalarni o‘zida aks ettiradi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida quyidagi ishlarni olib boradi:

  • Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
  • talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
  • o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish