×
Menu
Close Menu

​“Taraqqiyot sari qizlar bilan!”

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

  Jumladan, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Kubayev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.I.Xudayberdieva hamda xotin-qizlar kengashi faollari ishtirokida talaba-qizlar o‘rtasida "Taraqqiyot sari qizlar bilan" mavzusida anjuman o‘tkazildi.

  Anjumanda  Davolash ishi fakulteti dekan maslahatchisi G.N.Indiaminova,  Boshqaruv va menejment fakulteti dekan o‘rinbosari G.T.Shomuradova, dekan maslahatchisi R.Sh.Baratova hamda iiqtidorli talaba-qizlar tomonidan mamlakatimizda qizlarning ilm olishi uchun yaratilgan keng  imkoniyatlar, ularning bilimli, barkamol va erkin shaxs sifatida rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan  keng  ko‘lamli  islohatlar to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  asoslangan ma’ruzalari tinglandi.

  Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonga – yangi maqsadlar va yangi g‘oyalar bilan!” shiori ostida talaba-qizlar tomonidan ishlab chiqilgan ixtiro, yangilik, kashfiyotlar, innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.


SamDTU Matbuot xizmati