×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Payariq tumani MFYlaridagi yoshlar holidan xabar olindi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, har tomonlama ko‘maklashib borish, yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Payariq tumani “Oqtosh”, “Dehqonobod”, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan “Og‘ir” toifadagi yoshlar holidan xabar olindi.

  Oldingi uchrashuvlarda yoshlarning ehtiyoji va takliflaridan kelib chiqqan holda hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati nomidan universitet rektori v.v.b. Eldor Tangirov tomonidan yoshlarga sovg‘alar topshirildi.

SamDTU Matbuot xizmati