Samarqand davlat tibbiyot universiteti tyutori Oltoy davlat tibbiyot universitetida akademik mobillik doirasida tajriba almashdi
2026-yil 15–25-sentabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori Nuriddinov Farrux Obidovich ikki universitet o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida Oltoy davlat tibbiyot universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etdi.
Tashrif davomida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishlarda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Ayni paytda Nuriddinov Farrux Obidovich xorijiy universitetda orttirgan tajribalarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashib, o‘z faoliyatida samarali usul va yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bunday akademik mobillik dasturlari universitetlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



SamDTU Matbuot xizmati