×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

​Sport oyligi doirasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 2025-yil may oyi Respublikamizdagi oliy va kasb-hunar ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi” deb e’lon qilindi. 

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga jalb etish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida “Sog‘lom tanda –sifatli ta’lim” shiori ostida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi. 

  Talabalar mazkur sport sinovlarida: yugurish, mokisimon yugurish,  arg‘amchida sakrash, yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, basketbol to‘pini savatga tashlash va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.


SamDTU Matbuot xizmati