Joriy yilning 29-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun Sharqiy London universitetining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sohasida tibbiy ta’lim professori ANVAR ALI XON bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda SamDTU Xalqaro ta’lim fakultei dekani S.Mamaradjabov hamda Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Professor ANVAR ALI XON “Tibbiy ta’lim: o‘tmish, bugun va kelajak” mavzusida ma’ruza qilib, Bugungi davr tibbiyotining o‘tmishi va kelajagi xususida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Davra suhbati tarzida davom etgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

SamDTU Matbuot xizmati