×
Menu
Close Menu

Xitoy fanlar akademiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilndi

  Joriy yilning 21-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoy fanlar akademiyasi Vitse-prezidenti Xe Xunpin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tibbiyotning qator yo‘nalishlarida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, immunologiya va genetika sohasida izlanishlar olib borish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.


SamDTU Matbuot xizmati