×
Menu
Close Menu

​“Talabalar bahori!” festivali doirasida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi

  Samarqand viloyatida “Talabalar bahori!” festivali doirasida talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur bellashuvda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining eng bilimdon talabalari ishtirok etdi.

  Zakovat o‘yini yoshlarning tafakkur doirasini kengaytirish, mantiqiy fikrlashini kuchaytirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqada kuchli raqobat va yuqori darajadagi bilim almashinuvi kuzatildi.

G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

  •  1-o‘rin — O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
  •  2-o‘rin — Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti
  •  3-o‘rin — Samarqand davlat chet tillari instituti

  Intellektual bellashuv yakunida g‘olib jamoalarga oliygoh rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  Universitet yoshlar yetakchisi o‘z tabrigida bunday tadbirlar nafaqat talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni mustahkamlashi, balki ularning intellektual salohiyati, ijtimoiy faolligi va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etishga xizmat qilishini ta’kidladi.


SamDTU Matbuot xizmati